Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Toshkentdagi “El-Klassiko” namoyishida ispan futbolchisi muxlislarga sovg‘alar beradi

Toshkentdagi “El-Klassiko” namoyishida ispan futbolchisi muxlislarga sovg‘alar beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ispaniyaning “Barselona”, “Atletiko” va Angliyaning “Liverpul” futbol klublari hamda Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luis Garsiya Toshkentda yosh o‘zbek charm to‘p ustalari uchun mahorat darslari o‘tkazadi.

Ma’lumki, 28 oktyabr kuni Ispaniya La-Ligasi doirasida barcha muxlislar orziqib kutayotgan bahs — mavsumdagi birinchi “El-Klassiko”si bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston PFL va La-Liga o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi mazkur uchrashuv ommaviy tarzda ham namoyish etiladi. Ushbu o‘yin Toshkentdagi “Milliy” stadionida tomoshabinlarga havola etiladi.

UzDailyning yozishicha, mazkur tadbir doirasida ispan futboli muxlislarini turli sovg‘alar kutmoqda. Dastur avvalida o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert o‘tkaziladi.

Shundan so‘ng san’at yulduzlari o‘zbek futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.

Shuningdek, Luis Garsiya yosh futbolchilar uchun mahorat darsi o‘tkazadi. Va La-Liga elchisi Luis Garsia hamda PFL elchisi xonanda Shahzoda (Zilola Musayeva) ikki mamlakat futbol ligalari nomidan muxlislarga sovg‘alar ulashadi.

Tadbir so‘ngida stadionga o‘rnatilgan katta ekranda “Barselona” – “Real Madrid” o‘yini namoyish etiladi.

Manba: www.xs.uz
Kiritildi: 19:01, 24.10.2018.
O'qildi: 1859 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик