O‘zbekiston futbol assosiasiyasi maydonida OFKning xalqaro “A” sertifikati uchun murabbiylik o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu o‘quv kursi 18 noyabr kuniga qadar davom etadi. O‘quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etyapti.
O‘quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019 yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo‘lib ishlash huquqini qo‘lga kiritadilar.
Ushbu o‘quv kurslarida yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari, hozirgi kunda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan Temur Kopadze, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Ne’matullo Quttiboyev, Xayrulla Karimov, Abdumajid Toirov kabi futbolchilar ishtirok etishyapti.
O‘quv jarayonida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. O‘qish yakunida ishtirokchilar amaliy va nazariy imtihonlar bilan birga o‘zlariga yuklatilgan vazifani taqdimot shaklida himoya qilishadi.
Zo'r TV 16 avgust kuni Angliya superkubogini jonli translyasiya qiladi [5347]
«Lugano» o‘zbekistonlik muxlislar oqimidan keyin bayonot berdi [4900]
UYEFA Rossiya bo‘yicha rasmiy qaror qabul qildi [3784]
“CHelsi” Satpayevning ijara transferidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi [2501]
Zo'r TV yangi mavsumda 5 ta turnirni namoyish etadi [2367]
“Atletiko Madrid” Xulian Alvaresni aldagan — Sport.es [2212]
Enso Mareska "Manchester Siti"ning yangi sardorlarini e’lon qildi [2153]
Mourinyo qo‘ng‘irog‘idan so‘ng bu futbolchi "Real"ni tanladi [2069]
Ronaldu ajrashgan taqdirda Jorjinaga umrbod oyiga 100 ming yevrodan to‘laydi — Marca [1811]
O‘rtoqlik o‘yini. «Manchester Yunayted» «Milan»ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh) [1610]













