Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Futzal bo‘yicha Qozog‘iston chempionatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Futzal bo‘yicha Qozog‘iston chempionatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Futzal bo‘yicha Qozog‘iston chempionatiga yangi mavsumdan boshlab bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federasiyasi xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabar berishicha, joriy mavsumdan boshlab chempionatda Premyer liga ishtirokchilari 6 tadan 8 tagacha oshiriladi. Ya’ni Qarag‘andaning Progress va Oqto‘baning Inju jamoalari yangi mavsumdan Premyer ligada bahs olib boradi.

Bundan tashqari, musobaqa formatiga ham bir qator yangiliklar kiritilgan. Xususan, joriy mavsumdan boshlab o‘yinlar 2 davrada tashkil etilib, har bir jamoa o‘z maydonida va mehmonda 2 tadan o‘yin o‘tkazadi. Shuningdek, endilikda chempionatda pley-off bahslari o‘tkazilmaydi. Musobaqa 2018 yilning noyabr oyidan boshlanib, 2019 yilning apreliga qadar davom etadi.

Futzal bo‘yicha Qozog‘iston Premyer ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi ishtirokchilari quyidagi jamoalar:

Oqto‘ba, Oqto‘ba

Ayat, Rudniy

DYUSSH N 7, Chimkent

Jetisu, Toldiqo‘rg‘on

Inju, Oqto‘ba

Qayrat, Olmaota

Oqjetpes, Kokshetau

Progress, Qarag‘anda

Manba: www.turon24.uz
Kiritildi: 23:30, 26.10.2018.
O'qildi: 1813 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик