Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Bahodir Jalolov professional boksdagi uchinchi jangida ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Bahodir Jalolov professional boksdagi uchinchi jangida ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bugun professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mashhur “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazilgan bahsda hamyurtimizga amerikalik Tayrel Rayt raqiblik qildi.

Jang Bahodirning ustunligi ostida kechdi. Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa, bokschimiz ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. Eslatib o‘tamiz, Jalolov bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:39, 28.10.2018.
O'qildi: 4332 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик