Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Rasmiy bayonot: «Lester» xo‘jayini halok bo‘ldi

Rasmiy bayonot: «Lester» xo‘jayini halok bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Lester» rasmiy bayonot berib, klub xo‘jayni Vichay Srivadxanaprabxa «Vest Xem»ga qarshi o‘yindan (1:1) so‘ng «King Pauer» stadioni yoqinida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida vafot etganini tasdiqladi.

«Chuqur afsus bilan shuni ta’kidlaymizki, klub prezidenti Vichay Srivadxanaprabxa shanba kuni kechasi halokatga uchraganlar orasida edi. U va yana 4 nafar ekipajni o‘z bag‘riga olgan vertolyot stadion yaqinida qulab tushdi. Bortda bo‘lgan 5 kishidan hech biri tirik qolmadi.

Klub Srivadxanaprabxa va boshqa vafot etganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildiradi. Bu yo‘qotishni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Biz Vichay misolida yaxshi insondan ayrildik. U o‘z hayotini oilasiga bag‘ishlgan mehribon va yaxshi inson edi. Uning oilasi kabi biz ham qayg‘udamiz. U klubni rivojlantirish uchun tanlagan yo‘lni mustahkam ushlashga harakat qilamiz.

Klubning barcha xodimlari ro‘y bergan voqeaga nisbatan jahon futbol ommasining munosabati, qo‘llab-quvvatlashi va og‘ir vaziyatda ko‘ngilni ko‘tarish uchun aytgan so‘zlaridan ta’sirlandi», – deyiladi "Lester" klubi bayonotida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:32, 29.10.2018.
O'qildi: 12069 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.