Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasining hududiy bo‘limlariga 40 ta velosiped taqdim etildi

O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasining hududiy bo‘limlariga 40 ta velosiped taqdim etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan «Yurtimning munis ayoli, sport bilan go‘zal kamoli» shiori ostida sport tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar, sportchilar hamda O‘zbekiston velosiped sport federasiyasining hududiy bo‘limlarida faoliyat yurituvchi ayol murabbiylar ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sport federasiyasi raisi Tanzila Narbayeva so‘zga chiqib, bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini yuksaltirish, sport ommaviyligini oshirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganligi haqida gapirdi. Mustaqil hayotga katta umid va aniq maqsadlar bilan kirib kelayotgan navqiron avlod vakillari, ayniqsa, qizlarimiz sportga kundalik turmush tarzining bir qismi sifatida qarayotgani eng katta yutug‘imiz ekanliginini ham alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy L.Markelova, velosiped sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi O.Zabelinskayalar so‘zga chiqib, yurtimizda velosiped sportiga bo‘lgan e’tibordan juda xursand ekanliklarini qayd etishdi. Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatiga, O‘zbekiston velosiped sport federasiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi hududiy bo‘limlariga Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) nomidan 40 dona sport velosipedlari taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sport federasiyasi raisi T.Narbayeva, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi bosh kotibi K.O‘rinboyxo‘jayev, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalashtirish koordinatori, elchi Jon MakGregor, velosiped sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Olga Zabelinskayalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda velosportni rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:06, 29.10.2018.
O'qildi: 1502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик