Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida yangi suzish havzasi ish boshladi

Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida yangi suzish havzasi ish boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 30 oktyabr kuni Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida yangi, zamonaviy suv havzasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosimda Rossiya Federasiyasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharifjon Mo‘mindjanov, “Bilayn O‘zbekiston” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Shukov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqar ekan, ushbu suzish havzasi o‘zbek sporti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini, kelajakda bu yerdan Olimpiya va jahon chempionlari yetishib chiqishiga tilakdosh ekanligini aytib o‘tdi.

Marosimda shuningdek, Vladimir Tyurdenev, Sharifjon Mo‘mindjanov, Dmitriy Shukovlar ham so‘zga chiqishdi va o‘zlarining eng samimiy tilaklarini bildirib o‘tdilar.

Ochilish marosimidan so‘ng suv havzasida suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Qayd etish lozimki, «Bilayn O‘zbekiston» kompaniyasi ko‘magi bilan barpo etilgan ushbu sport majmuasi Olimpiya standartlariga mos ravishda yaratilgan. Uzunligi 50 metr, kengligi 25 metrni tashkil etuvchi mazkur suzish havzasida jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni ham qabul qilish mumkin bo‘ladi. Undan tashqari, binoda faqatgina suv konstruksiyasi mavjud bo‘libgina qolmay, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘quv sinflari, sport zali, tibbiyot xonasi ham mavjud. Musobaqalar vaqtida sportchilarni joylashtirish uchun ham sharoitlar yaratilgan.

Suv havzasi qurilishida Ispaniya va Daniyadan zamonaviy uskunalar keltirildi. Start nuqtasi, chiziqlar, bayroqchalar, zinapoyalar, havzaning pastki va chet devorlaridagi belgilar Xalqaro suzish federasiyasi – FINAning talablariga javob beradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:55, 30.10.2018.
O'qildi: 3368 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.