Italiyaning “Milan” klubi “San-Paulu” himoyachisi Rodrigo Kayoga qiziqib qoldi. Bu haqda Football Italia xabar beradi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi qishgi transfer oynasida jamoaning jarohat olgan himoyachisi Mattia Kaldara o‘rniga aynan Kayoni olib kelmoqchi. Kaldara jarohati sababli 3 oyni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Kayo joriy mavsum “San-Paulu” safida 6 ta o‘yinda ishtirok etgan.