Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

YECHL. Guruh bosqichi. 3-tur. Rekordlar, faktlar, raqamlar + texnik ko‘rsatkichlar...

YECHL. Guruh bosqichi. 3-tur. Rekordlar, faktlar, raqamlar + texnik ko‘rsatkichlar...

Baho:
+1 | -

O‘tgan hafta Yevropa chempionlar ligasining 3-tur bahslariga ham yakun yasaldi. Quyidagi maqolamiz orqali ortda qolgan turning diqqatga sazovor voqealari va boshqa turli natijalar hamda rekorlari haqida tanishib olishingiz mumkin.

4 - «Real» himoyachisi Marselo 2018 yil davomida CHL bahslarida 4ta gol urdi. 1994 yili Ronald Kuman («Barselona») va 2000 yili Roberto Karlos («Real») kabi himoyachilar ham shunday natijaga erishgandilar.

5 - Muhammad Saloh - Roberto Firmino - Sadio Mane uchligi CHLning oxirgi 5ta o‘yin badaliga ilk marta birgalikda gol urdi. Bu trioning tengdaniga gol urishi joriy yil 24 aprel kuni «Roma»ga qarshi kechgan bahs (5:2)dan buyon kuzitilmayotgandi.

6 - «Portu» CHL guruh bosqichida 6ta o‘yindan buyon yutqazmayapti. Lissabon klubining bu boradagi eng yaxshi natijasi 2014 yil sentyabr - 2015 yil noyabr oralig‘iga to‘g‘ri keladi - 10ta mag‘lubiyatsiz o‘yin.

10  - Paulo Dibala CHLdagi gollari sonini 10taga yetkazib qo‘ydi.

13 - Mavsum-2005da «Sparta» darvozasini 90+1-daqiqada ishg‘ol qilib, durangga erishgan «Ayaks» oradan 13 yil 1 oy 9 kun o‘tib, qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

13 - «Borussiya» D. klubining angliyalik vakili Jeyson Pancho «Atletiko» darvozasiga gol urdi. Mavsum-2005, ya’ni 13 yil oldin Devid Bekxem «Real» safida «Rusenborg» darvozasini nishonga olganidan buyon ingliz futbolchilarining boshqa mamlakat jamoasida gol urishlari kuzatilmagandi.

14 - «Barselona» 2003 yilning aprelidan buyon o‘z maydonida Italiya klublariga yutqazmayapti. Kataloniyaliklar 14 yil davomida italyanlar bilan 14 marta kuch sinashib, 11ta g‘alaba va 3ta durang qayd etishdi.

15 - Dris Mertens «Napoli»da debyut qilganidan buyon CHLda 8ta gol urib, 7ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Bu vaqt oralig‘ida Neapol jamoasida hech kim shunday mahsuldorlik ko‘rsatgani yo‘q.

18 - Mussa Silla «Monako» safida gol urgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarildi (18 yoshu 333 kun). Eslatma, Kilian Mbappe 18 yoshu 63 kunligida gol urib, knyazlik klubi tarixidan joy olgandi.

19 - «PSJ» CHLda ketma-ket 19ta o‘yindan buyon gol urmoqda.

21 - Yaqinda jarohatdan keyin maydonga qaytgan «Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksen barcha musobaqalar doirasida 21-marta golga assistentlik qildi.

47 - Robert Levandovski turnirdagi 47-golini nishonladi. Polshalik hujumchiga CHL|CHK to‘p-urarlarining yuqori 10taligiga kirishi uchun unga yana 2ta gol kerak. Umuman olganda, bu futbolchi yevrokuboklarda 99ta o‘yin o‘tkazib, 54ta golga mualliflik qilgan.

50 - Muhammad Saloh «Liverpul» safidagi 65-o‘yinida yubiley - 50-golini nishonladi. Vaqtida Fernando Torres «qizillar» safida 50ta gol marrasiga yetish uchun 72 marta maydonga tushgandi.

391 - Diyego Simeone «Atletiko» bosh murabbiyi rolidagi 391-o‘yinda eng qaqshatqich mag‘lubiyatga duchor bo‘ldi: «matraschilar» argentinalik mutaxassis davrida ilk marta 0:4 hisobida yutqazishdi.

511 - «Napoli» sardori Marek Gamshik klub safida 511-marta maydonga tushib, bu borada Juzeppe Bruskolotti rekordini yangiladi.

TEXNIK KO‘RSATKICHLAR

Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Edin Jeko («Roma») - 11ta; Neymar («PSJ») - 10ta; Lionel Messi («Barselona»), Hakim Ziyeh («Ayaks») - 7tadan.

Darvoza tomon noaniq zarbalar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Saul («Atletiko») - 8ta; Garet Beyl («Real»), Lorenso Insinye («Napoli») - 7tadan.

Sariq kartochkalar soni: 194ta.

Qizil kartochkalar soni: 8ta.

Eng ko‘p qo‘pollik sodir etgan futbolchilar: Denzel Dyumfris (PSV) - 11 marta; Mussa Marega («Portu») - 10 marta.

Qo‘pollikdan eng ko‘p jabr chekkan futbolchilar: Neymar («PSJ») - 14 marta; Erving Losano (PSV) - 13 marta; Tanguey Ndombele («Lion») - 11 marta.

Eng yaxshi to‘p oshiruvchi futbolchilar: Toni Kroos («Real») - 346tadan 326tasi aniq, 94 foiz aniqlik; Koke («Atletiko») - 292tadan 257tasi aniq, 88 foiz aniqlik; Xordi Alba («Barselona») - 269tadan 240tasi aniq, 89 foiz aniqlik. 10 nafar futbolchi hisobida 220ta yoki ko‘proq aniq uzatma bor.

Chap oyoq bilan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Lionel Messi («Barselona»), Paulo Dibala («Yuventus») - 4tadan.

O‘ng oyoq bilan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchi: Edin Jeko («Roma») - 3ta.

Bosh bilan gol urgan futbolchilar: 16 nafar (1tadan).

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Edin Jeko («Roma») - 5ta; Lionel Messi («Barselona»), Paulo Dibala («Yuventus») - 4tadan.

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchi: Neymar («PSJ») - 2ta.

Penalti orqali gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchi: Miralem Pyanich («Yuventus») - 2ta.

Eng ko‘p masofa bosib o‘tgan futbolchilar: Marselo Brozovich («Inter») - 37287 metr; Matias Vesino («Inter») - 36837 metr; Koke («Atletiko») - 35736 metr. 14 nafar futbolchi 34 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tdi.

Eng ko‘p gol urgan jamoalar: «Barselona», «PSJ» - 10tadan; «Borussiya» D., «Roma» - 8tadan.

Eng kam gol urgan jamoalar: «Srvena Zvezda», «Yang Boyz», «Lokomotiv», «Valensiya» - 1tadan.

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Roma» - 8ta; «Liverpul», «Borussiya» D., «Barselona» - 7tadan.

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Barselona», «PSJ» - 3tadan.

Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoalar: SSKA, «Valensiya» - 11tadan.

Eng kam sariq kartochka olgan jamoalar: «Liverpul» - 2ta; «MYU», «Roma», «PSJ», «Xoffenxaym» - 3tadan.

Qizil kartochka olgan jamoalar: «Barselona», «Benfika», «Galatasaroy», «Lokomotiv», «Tottenxem», «Yuventus», «Yang Boyz», SSKA - 1tadan.

Darvoza tomon eng ko‘p aniq zarba bergan jamoalar: «Roma» -  30ta; «PSJ» - 28ta; «Barselona» - 27ta.

Darvoza tomon eng ko‘p noaniq zarba bergan jamoalar: «Real» - 41ta; «Manchester Siti» - 33ta.

Eng ko‘p burchak to‘pi tepgan jamoalar: «Real» - 34ta; «Roma» - 27ta; «Bavariya» - 23ta.

Eng kam burchak to‘pi tepgan jamoalar: «Lion» - 6ta; PSV, «Monako» - 7tadan.

Eng ko‘p uzatma oshirgan jamoalar: «Barselona» - 2275ta (89 foiz aniq); «Real» - 2240ta (90 foiz aniq); «Napoli» - 2061ta (88 foiz aniq).

Eng kam uzatma oshirgan jamoalar: «Srvena Zvezda» - 912ta (72 foiz aniq); PSV - 991ta (76 foiz aniq); «Shalke» - 1100ta (77 foiz aniq).

To‘pga egalik qilish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Real» - 64 foiz; «Barselona» - 63 foiz.

To‘pga egalik qilish bo‘yicha sust jamoalar: «Srvena Zvezda» - 35 foiz; PSV - 37 foiz; «Vikto-riya» Pl. - 40 foiz.

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Galatasaroy» - «Lokomotiv» (28ta qo‘pollik, 7ta sariq va 1ta qizil kartochka).

Eng «tartibli» o‘yin: «Borussiya» D. - «Monako» (16ta qo‘pollik, sariq va qizil kartochka yo‘q).

Darvoza tomon eng ko‘p zarba berilgan o‘yin: «Real» - «Roma»  (42ta, 15tasi aniq).

Eng ko‘p uzatma amalga oshirilgan o‘yin: «Napoli» - «Liverpul» (1181ta, 1007tasi aniq).

Penaltilar soni: 15ta (5ta samarasiz).

To‘purarlar: Edin Jeko («Roma»), Lionel Messi («Barselona») - 5tadan; Paulo Dibala («Yuventus») - 4ta; Neymar («PSJ») - 3ta.

Eng yaxshi assistentlar: Xordi Alba («Barselona»), Ashraf Hakimi («Borussiya» D.) - 3tadan.

Zaxira o‘rindig‘i vakillari urgan gollar

5ta

«Borussiya» D.: Rafael Gerreyru - 2ta, Kristian Pulishich, Yakob Larsen, Jeyson Sancho

1ta

«Ayaks» - Donni van de Beek

«Benfika» - Alfa Semedu

«Galatasaroy» - Seljuk Inan

«Liverpul» - Roberto Firmino

«Manchester Siti» - Bernardu Silva

«Real» - Mariano Dias

«Xoffenxaym» - Joelinton

«Shaxtyor» - Maykon

Gollar xronometraji

Daqiqa                  Gol

1-15                                        13

16-30                                      20

31-45                                      29

Qo‘sh. vaqt (1-bo‘lim)            1

46-60                                      21

61-75                                      24

76-90                                      20

Qo‘sh. vaqt (2-bo‘lim)            11

Jami:                   139

Izoh: mazkur ko‘rsatkichlar 25 oktyabr holatiga ko‘ra keltirildi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:54, 31.10.2018.
O'qildi: 3728 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.