"PSJ" himoyachisi Dani Alves jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
Braziliyalik futbolchi umumiy guruh bilan mashqlarni boshlab yubordi.
35 yoshli Alves may oyida jarohat olgan va shu tufayli JCH-2018 musobaqasini o‘tkazib yuborgan edi. Ushbu mavsumda hali maydonga tushgani yo‘q.