Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya kubogi. «Real» yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Ispaniya kubogi. «Real» yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -1

Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida Madridning "Real" klubi safarda "Melilya" mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Solari bu o‘yinda jamoaning ikkinchi tarkibini maydonga tushirdi. Asosiy tarkib futbolchilarida Ramos, Asensio va Benzema o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Bahsning 28-daqiqasida Karim hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Asensio hisobdagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda "Qirollik klubi" yana ikkita gol urib, keyingi bosqich taqdirini amalda hal qilib qo‘ydi.

Javob bahsi bir oydan keyin "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya kubogi, 1/16 final, dastlabki o‘yin
Melilya – Real Madrid 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 28 Benzema, 0:2 – 45 Asensio, 0:3 – 79 Odriosola, 0:4 – 90 Gonsales.
Melilya – Barrio, Richi Segura, Shakla, Maanan, Xuanmi Karrion, Igor Martines (Brahim, 75), Otegi, Lolo Garrido (Bueno, 84), Ruano, Alfonsito, Kasmi (Brayan Martin, 70).
Real Madrid – Navas, Xavyer Sanches, Regilon, Odriosola, Ramos (Nacho, 46), Lyorente, Sebalyos, Asensio (Gonsales, 83), Vaskes, Vinisius Junior, Benzema (Valverde, 46).
Ogohlantirishlar: Xavyer Sanches (10), Shakla (11), Vaskes (72).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:42, 01.11.2018.
O'qildi: 15458 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик