Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

OAVdagi xabarlarga O‘zPFL munosabati

OAVdagi xabarlarga O‘zPFL munosabati

Baho:
+ | -

Shu kunlarda OAVda Championat.asia sayti bilan bog‘liq holat yuzasidan bir qator xabarlar, maqolalar chop etilmoqda. Ularda, asosan O‘zPFLning ushbu sayt xodimlari akkreditasiyalari asossiz tarzda bekor qilganini, bu holat demokratik jamiyatga yarashmaydigan holat deya ta’kidlangan.

O‘zPFL bu holatga o‘z munosabatini bildirar ekan, Championat.asia sayti xodimlarining akkreditasiyalari bekor qilinishi avvalo, OAV vakillarini akkreditasiyalash haqidagi nizom asosida, undagi ba’zi bandlarning buzilishi tufayli shunday qaror qilinganini ta’kidlaydi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi OAV to‘g‘risidagi qonunchilikda ham OAV vakillarining o‘zini tutishi, amaldagi qonunchilik va har qanday tashkilotning tartib va qoidalariga bo‘ysunishi shartligi belgilangan.

Demokratik jamiyatda avvalo, amaldagi qonunchilikka bo‘ysuniladi. Qolaversa, har qanday tashkilotning ushbu qonunchilik asosidagi tartib-qoidalariga amal qilish ham, har bir OAV uchun shartlidir.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bugunga kelib, 30dan ortiq OAV bilan hamkorlik qilishini va tashkilot bugun boshqa OAVdan ham hamkorlik uchun zayavkalar kelib tushganini ma’lum qiladi. Biz bilan hamkorlik qilishni istagan OAV bilan tashkilot hamkorlik yaratishga va ularga har qanday sharoit yaratishga tayyor.

Shuni ta’kidlash kerakki, tashkilot Championat.asia sayti xodimlari akkreditasiyalarini bekor qilishda, aynan amaldagi qonunchilik asosida, qolaversa, OAV vakillarini O‘zbekiston chempionati va kubogi uchrashuvlari uchun akkreditasiyadan o‘tkazish haqidagi O‘FA nizomiga ko‘ra ish tutganini ta’kidlaydi. Jumladan, 28 oktyabr kuni “La Liga va PFL! Sizga qaysi davrdagi PFL qiziqroq edi?” nomli ushbu saytda chop etilgan maqolada bir qator asossiz va faktlarsiz yolg‘on ma’lumotlar berilgan. Masalan, “Millat kubogi deyarli hech qayerda ajiotaj olib kelmadi. PFL va O‘FAning rasmiy saytlari bor e’tiborni Luis Garsiyaga qaratdi”. – deyiladi. Bu ma’lumot yolg‘on, boisi PFL rasmiy sayti Farg‘onadagi final haqida final kuni ham, undan oldingi kunlarda ham batafsil yoritib bordi. Finaldan oldingi anons, final uchrashuvi tafsilotlari, fotogalereya va intervyular yoritildi.

“Stadionga muxlis chaqirish haqida 1 kun qolganda esga tushdi”, - bu ham yolg‘on ma’lumot va O‘zPFL muxlislar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari finalga 4 kun qolganda Farg‘onaga yetib borishgan va chiptalarni muxlislarga tarqatgan. O‘zPFL ushbu so‘zlarni yolg‘on va sayt ushbu ma’lumot bilan xodimlar mehnatini qadrsizlantirgan deb baholaydi.

“Jahon Kubogining va La Liga kubogining nusxalari Toshkentga kelganidek”, - bu ham noto‘g‘ri hamda asossiz ma’lumot. Har ikkala kubok ham asl nusxa va buni har ikkala tashkilot ham bemalol tasdiqlaydi.

Bunday misollar ko‘p va tashkilot ularning har biriga javob bermaydi. Zero, ushbu sayt chop etayotgan ko‘plab maqolalarda faktsiz hamda asossiz ma’lumotlar yetarli, tashkilot esa ularni O‘zPFL imijiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan harakat deb baholaydi.

Ta’kidlash joiz, O‘zPFL tomonidan OAV vakillarini akkreditasiyalash jarayoni shaffof va ochiq tarzda tashkil etiladi. Akkreditasiyaga zayavka bergan har bir OAV dastlab, O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar uchun OAV vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishib chiqishadi. Ushbu tartib esa, O‘zbekiston Respublikasining OAV to‘g‘risidagi amaldagi qonunlari asosida, tegishli tartib-qoidalar kiritgan holda ishlab chiqqan.

Shu asosda, OAV vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibidagi 12-modda, 4-bandidagi holatlar buzilgani asosida, O‘zPFL Championat.asia sayti xodimlari akkreditasiyalarini bekor qilishga qaror qildi.

Shuningdek, Championat.asia sayti xodimlarining akkreditasiyalari olib qo‘yilganligi ularning faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi, ular bemalol futbol uchrashuvlarini batafsil yoritishlari mumkinligini ma’lum qilamiz. Akkreditasiyalarning bekor qilinishi, sayt xodimlarining OAV uchun ajratilgan xududlarda faoliyat yuritishini cheklaydi xolos. Sayt vakillari uchun axborot olish huquqini hech kim cheklab qo‘ygani yo‘q. Bunga tashkilotning haqqi yo‘q, bunga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan hech bir tashkilot, hech bir organning qonuniy ham ma’naviy haqqi yo‘q. Shunday ekan, avvalo cheklov bilan taqiqning farqini anglash darkordir. Championat.asia sayti xodimlarining akkreditasiyalari ma’lum vaqt o‘tib, ularning faoliyati, OAVdagi chiqishlari asosida qaytarib beriladi.

Yana ta’kidlaymiz, asosli tanqidlarga tashkilot qarshilik bildirmaydi. Asossiz, faktsiz keltirilgan axbortlar uchun esa, har qanday tashkilot singari huquq va imkoniyatlarini ishga solib kurashadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:43, 01.11.2018.
O'qildi: 4848 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.