Kirish Ro'yxatdan o'tish

No‘’mon Hasanov: «Bugun jangovar durang bo‘ldi»

No‘’mon Hasanov: «Bugun jangovar durang bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Bugungi Pepsi superliga 28-tur doirasidagi “Nasaf” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmon jamoa ustozi No‘’mon Hasanov quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Bugun jangovor o‘yin bo‘ldi. Jangovar durang desak ham bo‘ladi. “Nasaf” nafaqat quyi oltilikning balki, mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz har doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bugun maydonda ochiq futbol ko‘rsatadigan jamoalar harakat qilishdi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Birinchi bo‘limda esa himoyada bir-ikkita xato qildik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Qo‘qondan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o‘yindagi natijadan qoniqdim desam ham bo‘ladi", — dedi No‘’mon Hasanov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:08, 01.11.2018.
O'qildi: 2499 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик