"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Kevin De Bryoyne Angliya ligasi kubogining 4-bosqichida "Fulhem" bilan uchrashuvning (2:0) jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
The Telegraph xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi va u ndi 1 oy futbol o‘ynamaydi.
Belgiyalik futbolchi "Manchester Yunayted", "Sautgempton", "Shaxtyor", "Vest "Hem", "Lion" va "Bornmut"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne avgust oyida jamoa mashg‘ulotida ollgan jarohatidan so‘ng endigina uchta o‘yinda ishtirok etgan edi.