Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Barchasi o‘ta murakkab…Devid Bekxem turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga yaqinmi?

Barchasi o‘ta murakkab…Devid Bekxem turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga yaqinmi?

Baho:
+ | -1

Angliya terma jamoasi sobiq sardorining oilasida notinchlik hukm surmoqda. Nima bo‘ldi? Axir Bekxem - Viktoriya Adams juftligi uzoq vaqt futbol olamida eng ideali hisoblangan edi-ku. Har holda, Devid va Viktoriya o‘rtasidagi iliq munosabatlar «mustahkam,  baxtiyor oila» birikmasiga sinonim darajasiga ko‘tarilgandi. Nahotki, ularning 19 yillik turmushlari tanazzulga uchragan bo‘lsa? Nahotki, sobiq futbolchi va xonanda o‘rtasidagi muhabbat qissasi tugasa...?

PORTLAGAN BOMBA EFFEKTI

Ayni payt MLS klubi - «Inter Mayami» sohibi sanalgan Angliya terma jamoasi sobiq sardori Avstraliya telekanallaridan biridagi chiqishida oilaviy muammolardan azob tortayotgani haqida so‘z ochdi. 43 yoshli yangi funksioner jumladan, o‘z nikohini «murakkab chalkashlik» sifatida «ta’riflab» oilani saqlab qolish yo‘lida turmush o‘rtog‘i bilan ko‘p ishlashiga to‘g‘ri kelayotganini ta’kidladi. Umuman, sobiq futbolchi oshkora bayonot berishiga qadar, ya’ni bir necha oy muqaddam OAVda ideal juftlik oilasi og‘ir damlarni boshdan kechirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

The Sun nashri Bekxem do‘stlaridan birining so‘zlariga tayanib ma’lum qilishicha, uning o‘z oilasi haqida aytgan gaplari portlagan bomba effektini bergan. Vaqtida «MYU» va «Real» yutuqlariga katta hissa qo‘shgan Devid atrofidagi kishilarning aytishlaricha, juftlik munosabatlari chindan ham, buzilgan. Deylik, Bekxem anchadan buyon hamxonasi bilan birga yashamayapti. Shunday bo‘lsada, Viktoriya xonim jamoatchilik nigohida hech narsa bo‘lmagandek, o‘zini o‘ta xotirjam tutayotgandi. «Viktoriya erining o‘sha intervyusi haqida eshitib, birdaniga bo‘shashib ketdi, - dedi Spice Girls guruhi sobiq xonandasining tanishlaridan biri. - U Devid nega bunday oshkora bayonot berganini sira tushunmadi va o‘zini xo‘rlangandek his qildi».

QAYG‘U USTIGA QAYG‘U

Bekxemlar oilasi shahzoda Garri tomonidan tashkillashtirilgan «Engilmaslar o‘yinlari» (ushbu musobaqada xizmat chog‘i nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiylar ishtirok etishadi)ga faxriy mehmon sifatida Sidneyga borganida, 3 nafar shaxsi noma’lum kishi juftlikning Oksfordshir grafligida joylashgan koshonasini «shipirib» ketishga urindi. Faqat nazorat xizmati vaqtida polisiyaga xabar bergani tufayligina o‘g‘rilar darhol voqea joyidan g‘oyib bo‘lishdi. Qisqasi, jinoyatchilar hech narsa olib ketisholmadi. Ushbu noxushlik haqidagi xabar tabiiyki, Devid va Viktoriyani «shok» holatiga tushirdi. To‘g‘ri, ular ayni shu voqea sabab, qisqa fursat umumiy muammolari haqida bosh qotirishgandir. Viktoriya ko‘p o‘tmay, Sidneydan to‘g‘ri Germaniyaga uchdi. Aytishlaricha, sobiq xonanda bu mamlakatdagi klinikalardan birida davolanmoqda. U oxirgi vaqtlarda kuzatilgan voqealar tufayli ruhiy tang holatda qolgan va o‘zini imkon qadar tezroq o‘nglab olmoqchi.

Bekxem + Adams: munosabatlar tarixi

Sobiq yarim himoyachi o‘ta mashhur guruh vakili bilan 1997 yili tanishgan. O‘shanda Devid 22 yoshda edi. Aytish joiz, Viktoriya undan bir yosh katta. 1998 yilning yanvarida futbolchi xonanda qo‘lini so‘raydi. Oradan  1,5 yil o‘tib, juftlik o‘z munosabatlarini nikoh rishtasi bilan bog‘laydi. Oilaning to‘ng‘ich farzandi - Bruklin Jozef ota-onasining to‘yidan avval, ya’ni 1999 yilning martida tug‘ilgan. Keyinchalik mashhur oila yana ikki o‘g‘il va bir qiz hisobiga kengaydi: Romeo Jeyms (2002 yil), Kruz Devid (2005 yil), Xarper Seven (2011 yil). Darvoqe, Bekxem xonanda bilan uchrasha boshlaganidan keyin avvalgi shaxsiy agenti xizmatlaridan voz kechib, barcha ishlarini mahbubasi menejeriga ishonib topshirdi. Natijada Devid yangi «shakl»dagi futbolchi sifatida gavdalandi. Xullas, u sport olami vakillari orasida birinchilardan bo‘lib, o‘zini shou-biznesga urdi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq futbolchi faoliyatlari yakunlangan eng serdaromad sport yulduzlari reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi. Uning yillik daromadi 65 million dollarga teng. Bekxem shuningdek, jahonning eng boy va ta’siri kuchli mashhur shaxslar ro‘yxatidan ham joy olgan (19-o‘rin).

H.MASAIDOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:31, 03.11.2018.
O'qildi: 11633 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.