Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

«Navbahor»ning OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyati qanday?

«Navbahor»ning OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyati qanday?

Baho:
+ | -

Ayni paytda onlayn tarzida bronza medallariga egalik qilayotgan "Navbahor" rasman chempionlik kurashidan chiqib ketmagan. Namanganliklar nazariy jihatdan hali chempionlik uchun kurashi ko‘rishlari mumkin. Ammo buning "Loko" qolgan barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrashi talab etiladi.

Andrey Kanchelskis boshqaruvidagi jamoa bor e’tiborini kelasi OCHLga yo‘llanma beruvchi ikkinchi pog‘onada qaratgan. Bu borada ular "Paxtakor" bilan jiddiy raqobatlashishlariga to‘g‘ri keladi. Hozircha ular orasida farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. Agarda "Navbahor"ning "Paxtakor" bilan ochkolari soni tenglashib qolsa, unda reglament bo‘yicha o‘zaro o‘yinlar natijasiga murojaat qilinadi. Agarda shunday bo‘lsa, unda "Paxtakor" ustunlikka ega. Chunki ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro kurashda tomonlar 1 martadan g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikki o‘yinda durang qayd etilgan. Birinchi bosqichdagi o‘yinlarda jamoalar o‘z maydonlarida bir xil — 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ikkinchi davrada esa Namangandagi o‘yin 3:3 hisobi bilan yakunlangan bo‘lsa, Toshkentda hisob ochilmadi.

Shu bois, ochkolar soni tenglashib qolsa, "Paxtakor" safarda urilgan gollari soni bo‘yicha turnir jadvalida "Navbahor"dan yuqori turadi. Shu sababli "Navbahor" OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istasa, ochkolar bo‘yicha "Paxtakor"dan oldinga o‘tib olishi kerak. Buning uchun "Paxtakor" kamida ikkita o‘yinda ochko yo‘qotishi va Kanchelskis shogirdlari buyog‘iga yo‘qotishlarsiz chempionatni yakunlashlari talab etiladi. Nazariy jihatdan "Navbahor"da hozircha barcha imkoniyat saqlanib qolgan. Ammo ularning chempionlik yoki OCHLga yo‘llanma beruvchi o‘ringa kurashishlari o‘zlariga bog‘liq emas. Ya’ni, "Navbahor" buyog‘iga raqiblarini ochko yo‘qotishini kutib, o‘zlari qolgan barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlashlari kerak.

"Navbahor"ning qolgan o‘yinlar jadvali:

"Metallurg" - "Navbahor" (4 noyabr)
"Navbahor" - "Bunyodkor" (10 noyabr)
"Buxoro" - "Navbahor"(25 noyabr)
"Navbahor" - "Lokomotiv" (30 noyabr)

"Navbahor" tarixidagi eng yaxshi natija: chempionlik (1996)

O‘tgan yilgi natijasi: 5-o‘rin (2017)

Bu yil egallashi mumkin bo‘lgan eng yuqori ehtimoliy o‘rni: 1-2-3-4

Manba:  "Navbahor" klubi muxlislari telegram sahifasi.

Kiritildi: 12:26, 04.11.2018.
O'qildi: 8437 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.