Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

AIBA prezideni G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

AIBA prezideni G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA) ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgandi. Kongress davomida hamyurtimiz G‘ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g‘alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog‘istonlik Serik Konakbayevni ortda qoldirdi.

Bugun hamyurtimiz AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevlar kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo‘lib o‘tgan AIBA Kongressida ham bevosita ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun: G‘ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi G‘ofur Rahimovga ushbu mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:24, 06.11.2018.
O'qildi: 6793 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик