Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Breaking! Stanislav Andreev mavsum yakuniga qadar diskvalifikasiya qilindi

Breaking! Stanislav Andreev mavsum yakuniga qadar diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliganing 29-turidan joy olgan “Metallurg” — “Navbahor” o‘yini Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Bunda komissiya a’zolari uchrashuvning 27-daqiqasida ogohlantirilgan Islom Isoqjonov hamda 90+4-daqiqada ogohlantirilgan Stanislav Andreevning hatti-harakatlariga jiddiy e’tibor qaratdi.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, Isoqjonov sariq kartochkani o‘zi uchun qasddan tilab olmagan. Biroq Andreevning harakatlarini bunday deb bo‘lmaydi. U o‘yin so‘ngida vaqtni atayin cho‘zgan va hakam tomonidan sariq kartochka ishlab olgan. Komissiya xulosasiga ko‘ra, Andreev kelasi turdagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborish maqsadida bu ishga qo‘l urgan. Chunki, endilikda uning ogohlantirishlari soni 4 taga yetdi. Bu orqali Andreev mavsumning so‘ngi ikki turida bemalol harakat qila olishi mumkin edi.

Tartib-intizom qo‘mitasi reglamentining “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 5-bo‘lim 5.6 bandida ko‘rsatilgan “ahloqiy me’yorlarga amal qilmaslik, mug‘ombirlik ishlatish hamda sportchiga xos bo‘lmagan xulqi uchun” qismiga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lgan “Metallurg” futbolchisi Stanislav Andreevni 5 million so‘m jarimaga tortdi va qo‘shimcha tarzda 31-tur o‘yinidan ham chetlatdi. Andreev bungacha “Navbahor”ning ikki futbolchisi ham xuddi shunday band bilan jazoga tortilganidan xulosa chiqarmagani uchun 32-turni ham o‘tkazib yuboradi. Demak, uning uchun 2018 yilgi mavsum o‘z yakuniga yetdi.

Shu tariqa Stanislav Andreev “Metallurg”ning nafaqat “Paxtakor”, balki “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalariga qarshi uchrashuvlarida ham ishtirok eta olmaydi. Kelgusida PFL bu kabi holatlarni aniqlaydigan bo‘lsa, futbolchilarni jiddiy jazo kutadi. Shuningdek, futbolchilarga sariq kartochka ko‘rsatayotgan hakamlar masalasi ham o‘rganib chiqiladi. 

Ma’lumot uchun, PFL komissiyasi 29-turdan joy olgan “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinidagi Marko Simichning ham sariq kartochkasini o‘rganib chiqqan. Chunki unda ham sariqlar soni 4 taga yetgan. Xulosaga ko‘ra, Simich va “Buxoro” vakili Shahboz Erkinov o‘yin boshidan buyon o‘zaro chiqisha olmagan hamda sariq kartochka kelishmovchilik ortidan kelib chiqqan. PFL bu holatni ortiqcha jazolarsiz yopishga qaror qildi. Agar Simichda ham Andreevdagi kabi holat bor deb xulosa berilganida, “Paxtakor” himoyachisi uchun ham 2018 yilgi mavsum “eshiklari” yopilardi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:36, 06.11.2018.
O'qildi: 9996 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик