Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Real Madrid» akademiyasi mutaxassislari O‘zbekistonda master-klasslar o‘tkazdi

«Real Madrid» akademiyasi mutaxassislari O‘zbekistonda master-klasslar o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni yanada ommaviylashtirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada futboli rivojlangan Yevropa mamlakatlari tajribalari o‘rganilib, bir qator kuchli mutaxassislar yurtimizga taklif qilinyapti.

Jumladan, shu yilning iyun oyida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizga Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha “Qirollik klubi”ning mutaxassislari tashrif buyurishgani xaqida xabar berib o‘tgan edik.

Tashrif davomida ispaniyalik mutaxassislar  ishtirokida bolalar futboli mutaxassislari uchun nazariy seminarlar tashkil qilinib, amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Shuningdek, "Real Madrid" akademiyasi mutaxassislari yosh futbolchilar uchun master-klasslar ham o‘tkazishdi.

O‘FA va "Real Madrid" klubi o‘rtasidagi hamkorlikning ikkinchi bosqichiga ko‘ra, shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida yurtimizdagi bir qator iqtidorli bolajonlar Madridga safar uyushtirishdi. Ular Madridda "Real" klubi akademiyasi, bosh jamoa mashg‘ulot o‘tkazadigan maydon, Santyago Bernabeu" stadioni bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan futbol sir-asrorlarini o‘rganishdi.

Endilikda "Qirollik klubi" mutaxassislari o‘zaro hamkorlining uchinchi bosqichi doirasida yana O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Bu safar ular viloyatlardagi hududuiy futbol akademiyalarida bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan yosh futbolchilar uchun mahorat darslarini o‘tab berishadi.

11 noyabrdan 20 noyabrga qadar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan mahorat darslarida mahalliy futbolchilar va bolalar futboli mutaxassislari ishtirok etishadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:13, 07.11.2018.
O'qildi: 8979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик