Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Rossiya futbol ittifoqi mutaxassislari ishtirokida huquqiy masalalar bo‘yicha seminar o‘tkaziladi

Rossiya futbol ittifoqi mutaxassislari ishtirokida huquqiy masalalar bo‘yicha seminar o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Zamonaviy futbolning rivojlanishi bilan birgalikda, uning atrofidagi yuridik jihatlar bo‘yicha muammolar, bahsli vaziyatlar ham ko‘paymoqda. Professional klublar hamda futbolchilar o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari har doim ham futbol qoidalari va normativlariga to‘la javob beravermasligidan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish, o‘zbek futbolida yuridik talab-qoidalarning ustuvorligini ta’minlash, huquqiy bazaning ishlashiga erishish maqsadida O‘FA va PFL tomonidan 18 noyabr kuni maxsus seminar tashkil etiladi.     Seminarda Superliga va Pro-liga klublarining sport direktorlari, yuristlar, lisenziyalashtirish bo‘yicha menejerlar ishtirok etib, sohadagi so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘i bilan tashkilotning xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi mutaxassislari San’at Sharipov bilan birgalikda shu yilning sentyabr oyida Moskvada bo‘lib, yuqoridagi masala bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘tkazgandi.  Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ham futboldagi huquqiy masalalar bo‘yicha seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Ana shu kelishuvga asosan  18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan seminarda Rossiya futbol ittifoqining huquqiy masalalar bo‘yicha mas’ul shaxslari — Denis Rogachev, Konstantin Lyaxov, Daniil Zamorinlar ma’ruza o‘qishadi.    Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun klublarni lisenziyalash talablariga jiddiy e’tibor qaratadi. Bunda tashkilot birinchi navbatda klublarning futbolchi va murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalariga ahamiyat qaratadi.

PFL davlat korxonalari, hokimliklar va davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublariga FIFA talablari asosida ishlab chiqilgan bir xil ko‘rinishdagi shartnomalar tarqatadi. Klublarning futbolchi va murabbiylar bilan tuzilayotgan shartnomalari qanchaga mo‘ljal qilingani borasidagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘ladi. Shartnomalarning buzilish holatlari PFL tomonidan jiddiy nazorat qilinadi.        Seminarda shu va shu kabi masalalar muhokama qilinib, yig‘ilganlar huquqiy bilimlarni yangilash imkoniyati taqdim qilinadi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:11, 07.11.2018.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик