Xabaringiz bor, joriy yilda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda 15 va 16 yoshli futbolchilar o‘rtasida ikkita musobaqa o‘tkazildi. Osiyo futbol Konfederasiyasi tomonidan mazkur musobaqalar yuqori saviyada o‘tgani e’tirof etildi.
Joriy yilning 23 noyabr 1 dekabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqa "CAFA Women’s Championship 2018"ga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha uchrashuvlar "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tadi.
Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, milliy chempionat yakuniga yetganidan keyin 18 noyabrdan boshlab "Chig‘atoy" sport bazasida o‘quv mashg‘ulotlariga kirishadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, terma jamoalar o‘zaro bir-birlari bilan bitta davra ko‘rinishida o‘yin o‘tkazishadi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘oliblikka erishadi.
«Real»ning «Espanyol»ga qarshi qaydnomasi ma’lum — Mourinyo 23 futbolchini tanladi [3462]
Deku Portugaliyaga uchib ketdi — «Barselona» yangi hujumchi qidirmoqda [2873]
Ronaldu qaytdi va gol urdi — «An-Nasr» raqibini 4:0 hisobida tor-mor etdi [2554]
Rasman! "Barselona" o‘z futbolchisini Portugaliya klubiga sotib yubordi [2276]
"Atletiko" rahbari Alvares bo‘yicha "Barselona"ga keskin javob qaytardi [2120]
Superligada 18-tur ortda qoldi: natijalar va turnir jadvali [2029]
Ispaniyada «Real»ning La Liga 1-turidagi ehtimoliy tarkibi ma’lum qilindi [2007]
Alvaresning agenti: «Yolg‘onchidan nega yolg‘on gapirganini so‘rama» [1668]
Rodri "Barselona" bilan mashg‘ulotlarni boshladi (FOTO) [1648]
«Chelsi»ga Pedru Netu o‘rniga o‘rinbosar taklif qilindi [1478]













