Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada jahonning 47 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bugun, 10 noyabr kuni ushbu Gran-Pri turnirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi. MOQ Bosh kotibi so‘zga chiqar ekan, musobaqa yurtimizda katta qiziqishga sabab bo‘layotgani haqida gapirdi.

«Dzyudo O‘zbekistonda eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, Gran-Pri turniri hamyurtlarimiz orasida ham katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Yurtimiz bungacha bir qator nufuzli bahslarga mezbonlik qilgan. Ishonchim komilki, ushbu Gran-Prini ham yuqori saviyada o‘tkaza olamiz. Fursatdan foydalanib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilayman. Turnirda eng kuchlilar g‘olib bo‘lsin», – dedi Jasur Matchanov.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Xalqaro dzyudo federasiyasi sport direktori Vladimir Bartalar so‘zga chiqishdi va o‘zlarining eng samimiy tilaklarini izhor etdilar.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb e’lon qilindi.

Ochilish marosimidan so‘ng musobaqaning ikkinchi kunidan o‘rin olgan final janglariga start berildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:18, 10.11.2018.
O'qildi: 2219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик