Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dzyudo. Bekmurod Oltiboyev Toshkent Gran-Prisida kumush medalga ega chiqdi

Dzyudo. Bekmurod Oltiboyev Toshkent Gran-Prisida kumush medalga ega chiqdi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent Gran-Prisining so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida uchta, ayollar o‘rtasida esa ikkita vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

+100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboyev musobaqa davomida Ukraina, Tojikiston va Rossiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib finalgacha yetib bordi.

Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz rossiyalik boshqa bir sportchi Soslan Bostanovga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yakunda Oltiboyev Toshkent Gran-Prisining kumush medali sohibiga aylandi.

Shu tariqa dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisi yakuniga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekistonlik sovrindor sportchilar:

Oltin:

-73 kg: Hikmatullo To‘rayev

Kumush:

-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Bronza:

-66 kg: Shahram Ahadov.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 47 mamlakat ichida beshinchi o‘rinni egalladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:56, 11.11.2018.
O'qildi: 2358 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик