Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

La liga. «Betis» 4ta gol urib, «Barselona»ni mag‘lub etdi

La liga. «Betis» 4ta gol urib, «Barselona»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Betis»ni qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Darvoqe, Messining 3 haftalik tanaffusdan keyin maydonga qaytishi ham "ko‘k-anorranglilar"ga naf keltirmadi.

O‘yinni katta ishtiyoq bilan boshlagan mehmonlar, mezbonlar "uyg‘onguncha" ikkita gol urib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan asabiylashgan Valverde shogirdlari tanaffusga qadar o‘z o‘yinlarini topa olishmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham kataloniyaliklar raqib darvozasiga jiddiy bosim o‘tkaza olishmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida "Betis" darvozasi tomon penalti belgilandi va uni Messi aniq amalga oshirdi. Muxlislar: "Ana, endi "Barsa" o‘ziga keldi", — deb o‘ylay boshlashganida "Betis" futbolchilari hujum tashkil qilishdi hamda uchinchi golni urishga muvaffaq bo‘lishdi. Ter Shtegen unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani qo‘lidan chiqarib yubordi.

O‘yin tugashiga 11 daqiqa qolganida "ko‘k-anorranglilar" o‘z uslublarida kombinasiya tashkil qilib, hisobdagi farqni yana qisqartirishdi. Ammo tez orada ulardan yana omad qochdi. Avvaliga Rakitich ikkinchi "sariq" tufayli maydondan chetlatilgan bo‘lsa, so‘ng mehmonlarning navbatdagi hujumi samarali chiqdi — 2:4.

"Barselona" bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay mag‘lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi. Pike yaqin masofadan bo‘sh qolgan darvozani bosh bilan ishg‘ol eta olmadi. U ortida turgan Vidalga to‘pni qoldirishi kerak edi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda yana bir chiroyli kombinasiya orqali mezbonlar "Betis" darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ammo laynsmen o‘z bayrog‘ini ko‘tarib turgandi. Uchrashuv VAR'dagi mutaxassislar bilan maslahatlashganidan keyin gol toza bo‘lganiga ishora qildi. Hisobni tenglashtirish uchun "Barsa"da boshqa vaqt qolmadi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Barselona" birinchi pog‘onada qoldi, ammo jadvalning yuqori qismida yana zichlik yuzaga keldi.

Ispaniya La ligasi, 12-tur
Barselona – Betis 3:4 (0:2)
Gollar: 0:1 – 20 Firpo, 0:2 – 34 Sanches, 1:2 – 68, penalti Messi, 1:3 – 71 Lo Chelso, 2:3 – 79 Vidal, 2:4 – 83 Kanales, 3:4 – 90 Messi.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Rakitich, Buskets (Alenya, 69), Artur (Vidal, 46), Malkom (Munir, 57), Messi, Suares.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo, Mandi, Sanches (Kanales, 62), Lo Chelso (Inui, 87), Vilyam Karvalyu, Guardado, Telyo, Moron (Leon, 76).
Ogohlantirishlar: Guardado (24), Rakitich (44), Buskets (59), Mandi (69), Vidal (73).
Chetlatish: Rakitich (81).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:19, 11.11.2018.
O'qildi: 2832 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик