Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘zbekiston terma jamoasi Brisben shahriga yetib bordi

O‘zbekiston terma jamoasi Brisben shahriga yetib bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor.

Bugun 13 noyabr kuni O‘zbekiston Seul - Brisben yo‘nalishi bo‘ylab deyarli 10 soat davom etgan parvozdan so‘ng Avstraliyaga yetib keldi.

Futbolchilar avvaldan belgilanganidek Gold Kostdagi "Hilton Surfers Paradise" mehmonxonasiga joylashishdi. Terma jamoa a’zolari mehmonxonada hordiq chiqarishganidan so‘ng bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, 20 noyabr kuni futbolchilarimiz Janubiy Koreya bilan kuch sinashishadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:49, 13.11.2018.
O'qildi: 5288 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик