“Real”ning “Selta”ga qarshi o‘yindagi (4:2) jarohat olgan futbolchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi, deya xabar qilmoqda Marca nashri.
Kazemiro to‘pig‘ini shikastlab olgan. U uch hafta maydonga tushmaydi. Nachoning tiklanish jarayoniga ikki oy vaqt ketadi. Ispaniyalik futbolchining o‘ng tizzasida muammo bor.
Serxio Regilonning jarohati esa u qadar jiddiy emas. Eslatib o‘tamiz, ularning barchasi uchrashuv davomida zaxiraga olingandi.