Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Ulkan boshli «Caloh»

Ulkan boshli «Caloh»

Baho:
+ | -

MISRDA MUHAMMAD SALOH SHARAFIGA TAYYORLANGAN HAYKALNI KO‘RSATISHDI

Jamoatchilik fikricha, Misr sportining birinchi raqamli sportchisi byusti portugaliyalik Krishtianu Ronaldunikidan ham yomonroq chiqibdi.

«Liverpul» hujumchisi sharafiga tayyorlangan haykaltaroshlik ishi ilk marta Misrning Sharm Al-SHayx shahrida o‘tkazilgan jahon yoshlar forumida namoyish etildi. U misrlik yoshlar uchun umid ramzi hisoblanar ekan...

Biroq Muhammad Saloh yaxshi tasvirlanmagan: bo‘yi juda past, boshi juda katta va qo‘l-oyoqlari juda oriq... Haykal muallifi - misrlik yosh haykaltarosh qiz May Abdul Allah. Uning o‘zi Egypt Independent nashri jurnalistlari bilan suhbatda haykal vositasida «Liverpul» goleadorining quchoq ochib fanatlar tomon yugurayotgan holatini imkon qadar aks ettirishga uringanini ta’kidladi.

Ko‘pchilik yaxshi biladi, Saloh odatda gollarini shunday nishonlaydi. To‘g‘ri, futbolchi aslida haykalda ko‘rsatilganidek, «yaqqol» tabassum ulashmaydi, shuningdek, boshi ham bu qadar katta emas.

Xullas, jahon futboli yulduzlari sharafiga o‘rnatilgan o‘xshovsiz haykallar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu ketishda yaqin orada «dahshatnamo» ijod namunalaridan o‘ziga xos ramziy jamoa tuzish imkoni tug‘ilishi hech gap emas. Hozircha hujum chizig‘i tayyor - Krishtianu Ronalduning beo‘xshov «nusxa»si yoniga Salohniki ham qo‘shildi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:17, 16.11.2018.
O'qildi: 7095 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик