Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Kenni Dalglishga risarlik unvoni berildi

Kenni Dalglishga risarlik unvoni berildi

Baho:
+ | -

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Kenni Dalglish risarlik unvonini oldi.

67 yoshli shotlandiyalik mutaxassis Bukinghem saroyida Uels shahzodasi Charlz tomonidan futboldagi yorqin faoliyati va “Hillsboro”dagi fojia oqibatida qurbon bo‘lgan muxlislarning oilalariga ko‘rsatgan yordami uchun oliy unvon bilan mukofotlangan.

Endilikda Dalglish ham risar sifatida Aleks Fergyuson, Bobbi Charlton, Stenli Metyuz, Bobbi Robson kabi britan futboli darg‘alari qatoridan joy oldi, uning ismi oldidan “ser” faxriy belgisi qo‘shib aytiladi.

Kenni Dalglish futbolchi sifatida “Liverpul” bilan 6 marotaba Angliya chempionatida g‘olib chiqqan, uch marta Yevropa Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan. Murabbiy sifatida u klubniuch marotaba Premyer-liga bosh sovrini sari boshlab borgan. Shu bilan birga, Dalglish Angliya kubogi, superkubogi va liga kubogining ham ko‘p martalik g‘olibi hisoblanadi. 1995 yilda “Blekbern” uning qo‘l ostida Angliya chempioni bo‘lgan.

Ma’lumot uchun,”«Hillsboro” voqeasi Britaniya sporti tarixidagi eng qonli fojia hisoblanadi. 1989 yil 15 aprelida Sheffild shahridagi “Hillsboro” stadionida”«Nottinhem Forest” va “Liverpul” klublari o‘rtasida kechgan Angliya kubogining yarim final o‘yini boshlanishi vaqtida muxlislar tirbandligining yuzaga kelishi 96 kishining vafot etishi va 766 kishining turli darajada tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan edi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 15:11, 17.11.2018.
O'qildi: 2262 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик