Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Qilichbozlik. Markaziy Osiyo Konfederasiyasi tashkil etildi

Qilichbozlik. Markaziy Osiyo Konfederasiyasi tashkil etildi

Baho:
+ | -

17 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari qilichbozlik federasiyalari rahbarlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Xalqaro qilichbozlik federasiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi V.Logvin ham ishtirok etdi.

Kengashda so‘zga chiqqan Logvin mintaqada qilichbozlik sporti shiddat bilan rivojlanayotganligini hisobga olgan holda, shuningdek milliy qilichbozlik federasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Kengash qatnashchilari ushbu tashabbusni yakdillik bilan ma’qulladilar. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Qozog‘iston qilichbozlik federasiyasining vise-prezidenti R.Kichikov Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederasiyasi rahbar organini shakllantirish zarurligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederasiyasi prezidenti lavozimiga O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasining raisi Rustam Shoabdurahmonov nomzodini taklif qildi.

Kengash qatnashchilari bir ovozdan R.SHoabdurahmonov nomzodini qo‘llab-quvvatladilar va Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederasiyasi prezidenti etib sayladilar.

Konfederasiya bosh kotibi lavozimiga Afg‘oniston qilichbozlik federasiyasi prezidenti A.Tarik, tashkilot vise-prezidentiligiga esa Qozog‘iston qilichbozlik federasiyasining vise-prezidenti R.Kichikov saylandi.

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi matbuot xizmati

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:54, 18.11.2018.
O'qildi: 1737 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик