Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted 1-1 Tottenhem
10/10 21:30 Barselona 3-0 Xetafe
10/10 23:45 Napoli 3-0 Frozinone
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogining ochilish marosimi o‘tkazildi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogining ochilish marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida o‘smir qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi boshlandi.

Musobaqada jahonning 14 mamlakatidan 53 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Kecha O‘zbekiston gimnastika federasiyasiga qarashli «Universal» sport saroyida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tantanali kuy-qo‘shiqlar bilan boshlandi. Estrada xonandalarining chiqishlari marosimga ko‘tarinki rux bag‘ishladi. Yosh qilichbozlar ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqish esa yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar ushbu musobaqaning qay darajada ahamiyatli ekanligi, ana shunday nufuzli musobaqa O‘zbekistonga ishonib topshirilganidan mamnun ekanliklarini qayd etib o‘tdilar. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb e’lon qilindi.

Qayd etish lozimki, mazkur jahon kubogi qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Yakkalik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi 32 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Jamoaviy bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan terma jamoa esa 64 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi. Kecha yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi. Bugun esa jamoaviy bellashuvlar tashkil qilinadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:15, 18.11.2018.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик