Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

MOQda sportchilarni nazorat qilish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi

MOQda sportchilarni nazorat qilish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Inson nima uchun sport bilan shug‘ullanadi? Birinchi navbatda albatta o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun. Sportchi tinimsiz mehnat, mashaqqatlar bilan bosqichma-bosqich professional darajaga yetadi va shu orqali o‘z vatani sha’nini xalqaro arenalarda himoya qilishi mumkin bo‘ladi. Ammo, sportdan qing‘ir maqsadlarda foydalanadigan qo‘shtirnoq ichidagi «sportchilar» ham bugungi kunda uchrab turibdi.

Sir emaski, O‘zbekistonda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash shaxsan mamlakatimiz rahbari nazoratida turibdi. Yurtdoshlarimiz xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda. Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, har zamonda ko‘ngilsizliklar ham sodir bo‘lmoqda. Ular sportchilar ishtirokida qayd etilayotgani esa yanada achinarlidir.

Bugun, 21 noyabr O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida sportchilar ishtirokida tartibsizliklarni, jinoiy holatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, MOQ birinchi vise-prezidenti Nazirjon Xudoyqulov, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mutasaddilari, yurtimizdagi sport federasiyalari vakillari, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida sportchilar ishtirokida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz xodisalar, jinoyatlar misol qilib keltirildi. Sportchilar imkon darajasida nazoratda ekanligi, ammo noolimpiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ba’zi sportchilar e’tibordan chetda qolib ketayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan federasiya vakillari va murabbiylarga sportchilar uchun bu borada tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi aytildi. Bunda albatta asosiy mas’uliyat murabbiylarga yuklatiladi. Sportchilarga kuchni ko‘chada emas, mashg‘ulotlarda va musobaqalarda ko‘rsatishlari kerakligini aynan murabbiylar o‘z shogirdlariga tushuntirishlari kerakligi aytildi. Chunki, yosh sportchi ota-onadan ko‘ra, ko‘proq ustozining ko‘rsatmalariga amal qilishi ta’kidlandi. Agar murabbiylar bu borada mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsalar, lisenziyadan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo qo‘llanilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi, federasiyalar vakillari o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, yoshlar sport bilan shug‘ullanish uchun kelganda mashg‘ulotlarda o‘rganadigan uslublarni sport zali va musobaqalardan boshqa joyda qo‘llamasliklari bo‘yicha tilxat olish lozimligi, faoliyatini yakunlagan sportchilar turli qing‘ir yo‘llarga kirib ketmasligi uchun ularni ish bilan ta’minlash kerakligi taklif sifatida aytib o‘tildi.

Rejaga ko‘ra kelajakda sportchi va murabbiylar uchun «Ma’naviyat kuni» tashkil qilinadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bu borada yaqindan hamkorlik qiladilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:57, 21.11.2018.
O'qildi: 3167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.