Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Qo‘qondagi «Markaziy» stadion holati yaxshilanadi. Ishlar «uje» boshlandi

Qo‘qondagi «Markaziy» stadion holati yaxshilanadi. Ishlar «uje» boshlandi

Baho:
+ | -1

Professional futbol ligasining stadionlarni tekshirish komissiyasi ayni vaqtda vodiyda bo‘lib turibdi. Komissiya bugun — 21 noyabr kuni “Qo‘qon-1912” klubiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zPFL Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash ishlari boshlanmay turib aytish kerakki, “Qo‘qon-1912” klubining uy stadioni maysasi PFL talablariga javob bermaydi. Tashkilot yil davomida klubni ogohlantirib kelganiga qaramay, bu borada biror siljish ko‘rinmadi. Endilikda sanksiya jiddiy bo‘ladi.

Agar “Qo‘qon-1912” klubi stadioni maysasi borasida dekabrdanoq ish boshlamasa va har 10 kunda PFLga hisobot topshirib turmasa, klub Superliga o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Ish boshlangan taqdirdagina jamoa Superligadagi ishtirokini shartli ravishda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

— Bu masaladan xabarim bor. Hozir PFLning stadionlar masalasi bo‘yicha komissiyasi bilan birgalikda maydonni ko‘zdan kechirmoqdamiz. Ular mavjud barcha kamchiliklarni qayd etishyapti. Maydonimizning asosiy muammosi chimda. Tan olaman, uning holati talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham stadion chimini yaxshi holatga keltirish yuzasidan ish boshladik”, — deb aytib o‘tdi “Qo‘qon-1912” klubi klub prezidenti Baxtiyor Tolipov PFL matbuot xizmati bilan suhbatda.

“Bizda bundan tashqari stadion projektorlari bo‘yicha ham muammo bor. Hozirgi holat talabga javob berishi mumkin, biroq stadionlar bo‘yicha yangi reglamentda yoritish tizimini yanada kuchaytirish masalasi aks etar ekan”, — deb fikrini davom ettirdi klub prezidenti.

2019 yilgi mavsumda Superliga va Pro-liga klublari o‘z akademiyasini ishga tushirishi shart. Busiz klublar musobaqaga qo‘yilmaydi. Eng kamida futbol klublari akademiya uchun ajratiladigan yillik smetani taqdim etishi va smeta bo‘yicha pullar bolalar futboliga yo‘naltirilganini isbotlab berishi lozim.

“Akademiya qurish ishlari davom etmoqda. Hozirda faqat yuqorida aytib o‘tilgan muammolar ustida ishlamoqdamiz. Yangi mavsumni to‘liq tayyorgalik bilan boshlashga bel bog‘laganmiz”, — deydi “Qo‘qon-1912” klub prezidenti Baxtiyor Tolipov.

Ma’lumot uchun, lisenziyalash talabidan kelib chiqib futbol klublari birinchi navbatda infratuzilmaga e’tibor qaratadi va shundan keyingina asosiy tarkib uchun futbolchilarni jalb qiladi. Yuqoridagi masalalar bo‘yicha ish boshlanmay turib “Qo‘qon-1912” klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish man etiladi.

Manba: PFL
Kiritildi: 20:16, 21.11.2018.
O'qildi: 3554 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.