Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

O‘FA va PFL vakillari «Sog‘lom avlod» stadioniga tashrif buyurdi

O‘FA va PFL vakillari «Sog‘lom avlod» stadioniga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bo‘lsa kerak, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi vakillaridan iborat maxsus komissiya a’zolari kecha, 21 noyabr, chorshanba kuni vodiyga safar uyushtirib, Qo‘qon va Namangandagi “Markaziy” stadionlarning bugungi xolati bilan yaqindan tanishgandi.

Kecha tunga yaqin ushbu komissiya a’zolari Namangandan Andijon shahriga ham tashrif buyurdi. Mehmonlarni “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ma’rufjon Abdisalomov, viloyat futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzod Karimov, Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, “Sog‘lom avlod” stadioni direktori Omonullo Mirzayev hamda klubning bir nechta ishchi xodimlari kutib oldi.

Samimiy va ishchi ruhda kechgan suhbat jarayonida stadionda qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan  gap bordi. Darvoqe, O‘FA va PFL vakillari stadionga tunda kelishgani ayni muddao bo‘ldi va ular “Sog‘lom avlod” stadionining yoritkichlari va maydon chimining bugungi xolati bilan yaqindan tanishdi. Unda O‘FA tomonidan biriktirilgan maydon ustasi Uchqunbek Quvanov o‘z maslahatlarini berib, “Sog‘lom avlod” stadionining maydonini talab darajasiga olib chiqish uchun yangitdan xorijdan keltiriladigan chim yotqizilsa maqsadga muvofiq bo‘lishini a’lohida ta’kidlab o‘tdi.

Bungacha “Andijon” futbol klubi rahbariyati ham maydonni talab darajasiga olib chiqish uchun boshqa maydon ustalari bilan muzokara o‘tkazib, ularning takliflari bo‘yicha ish boshlash arafasida turganligini klub bosh direktori Ma’rufjon Abdisalomov O‘FA va PFL vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Hozirda maydonni bo‘lajak mavsumga yangitdan tayyorlash uchun bir nechta firmalar bilan muzokara jarayoni davom etmoqda. Tez kunlarda ularning biri bilan aniq to‘xtamga kelinib, rasmiy shartnoma tuziladi va “Sog‘lom avlod” stadionida bu bo‘yicha ish boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:18, 22.11.2018.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик