Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Maqsud Karimov: «Nasaf»ning futbolchisi bo‘lganim bilan faxrlanaman»

Maqsud Karimov: «Nasaf»ning futbolchisi bo‘lganim bilan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

“Nasaf” futbol klubida shunday futbolchilar borki, jamoa tarkibida ko‘p yillar to‘p tepib, jamoa yutuqlariga ulkan hissa qo‘shgan, muxlislar mehrini qozongan va hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lgan hamda el nazariga tushgan.

Bunday futbolchilar orasida “Nasaf” futbol klubining tajribali himoyachisi Maqsud Karimov ham bor.

Futbolchimiz 2008 yildan buyon, ya’ni 10 yildirki, “Nasaf” futbol klubimizning sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Maqsud Karimov 2006-2007 yillar “Xorazm”, “Vobkent” jamoalarida to‘p tepdi. 2008 yilda esa “Nasaf” tarkibiga kelib qo‘shildi.

Karimov jamoamiz tarkibida OFK Kubogi sohibi, 2 karra kumush medali sohibi, 6 karra bronza medali sohibi, besh marta O‘zbekiston Kubogi finalchisi, 2015 yili O‘zbekiston Kubogi sohibi va 2016 yili O‘zbekiston Superkubogi sohibi va Osiyo chempionlar ligasida 5 mavsum ishtirok etdi.

Maqsul Karimov milliy chempionat o‘yinlarida 274 marta maydonga tushdi va “Nasaf” tarkibida himoyachi sifatida  200dan oshiq o‘yin o‘tkazdi.

Futbolchimiz 2010 va 2011 yillarda milliy terma jamoamiz tarkibida ham 4ta o‘yin o‘tkazib, 159 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Maqsud Karimov bugun jamoamiz tarkibidagi so‘nggi uchrashuvda maydonga tushdi.

“Nasaf” – “AGMK” uchrashuvi yakuniga yetgach, futbolchimizga alohida ehtirom ko‘rsatildi.

Biz klubimiz rahbariyati nomidan, murabbiylar nomidan shuningdek “Nasaf”ni ko‘p ming sonli muxlislari nomidan, Maqsud Karimovga jamoamiz safida ko‘rsatgan o‘yinlari uchun mingdan-ming rahmatlar aytamiz. Maqsudjon biz sizdan mamnunmiz, sizni e’zozlaymiz! Sizga katta tashakkur!

Biz bugungi o‘yindan so‘ng. Maqsud Karimovni qisqacha suhbatga tortdik.

-Avvalom bor,  shunday kunlarga yetkazganiga ming marta shukur. "Nasaf"dek jamoaning tarkibida to‘p tepganimdan, jamoaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan g‘oyatda faxrlanaman. Bu jamoaning o‘tmishi shonli, salohiyati juda katta, shuningdek kelajagi ham porloq. "Nasaf" hamisha o‘zbek futbol ishqibozlarining nazaridagi jamoadir. Bu jamoada to‘p tepganimdan faxrdaman.  Sevimli jamoamning kelgusi faoliyatiga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Bu jamodan ketish men uchun juda og‘ir. Bu jamoa xuddi o‘z oilamdek, o‘yimdek bo‘lib qolgan. Muxlislar esa xuddi o‘zimning aka-ukalarimdek. Hammangizga rahmat aytaman. 

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:53, 25.11.2018.
O'qildi: 2822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик