Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Tokio 2020 yo‘lida. Sport federasiyalari bilan hamkorlikda Olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda

Tokio 2020 yo‘lida. Sport federasiyalari bilan hamkorlikda Olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio 2020 Olimpiadasiga tayyorgarlikni davom ettiradi. Avval xabar berib o‘tganimizdek, shu kunlarda O‘zbekistondagi sport federasiya va assosiasiyalari bilan 2020 yilda Yaponiyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari uchun tuzilgan strategik reja keng muhokama qilinmoqda. Bungacha ko‘plab sport federasiyalari Milliy olimpiya qo‘mitasini o‘z rejalari bilan tanishtirdilar. Bunday yig‘ilishlarning navbatdagisi O‘zbekiston «Rowing & Canoe» hamda O‘zbekiston suzish federasiyasi mutasaddilari bilan o‘tkazildi.

«Rowing & Canoe» federasiyasi tizimida uch yo‘nalish mavjud: akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda slalomda eshkak eshish. Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha terma jamoa murabbiylari Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari uchun qo‘yilgan reja bilan tanishtirdilar. Olimpiadaga lisenziya beruvchi musobaqalar haqida ma’lumot berildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi vakillari bilan birgalikda bu yo‘lda uchrayotgan muammolar, kamchiliklar muhokama qilindi. Ma’lumki, mazkur sport turi bo‘yicha O‘zbekiston qit’ada yetakchilardan biri hisoblanadi. Endi ushbu yetakchilikni jahon miqyosiga olib chiqish lozim. Amalga oshirilayotgan islohotlar esa bunga oz vaqt qolganligini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston suzish federasiyasi vakillari (suzish, sinxron suzish va suvga sakrash) bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham saralash musobaqalari taqvimi, sportchilarimizning imkoniyatlari, natijalar va ko‘rsatkichlar, muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida federasiyalar bilan hamjihatlikda ish olib borib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:52, 26.11.2018.
O'qildi: 1547 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик