1-2 dekabr kunlari Toshkent shahri ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi. Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqalar ikki yosh toifasida – 1999-2001 yillarda tug‘ilgan sportchilar va kattalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Har ikki yo‘nalishda ham 10 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil qilinadi.
Bahslar Toshkentdagi «Dinamo» sport klubida bo‘lib o‘tadi.













