Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger yaqin orada “Bavariya” murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda Telegraph xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis avvalroq “Fulxem”ni boshqarishni istamagan edi. U “Arsenal”dagi 22 yillik faoliyatidan keyin APLning boshqa klubini boshqarishni xohlamagan.
“Bavariya” rahbariyati Vengerni ishlari yurishmayotgan Niko Kovach o‘rniga olib kelmoqchi.