Kecha chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda “Yuventus” o‘zida “Valensiya”ni mag‘lub etib muddatdan avval pley-offga chiqdi.
Krishtianu Ronaldu yana “keksa sinyoralar”ga g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Xuddi avvalgi “Real”dagi Ronaldu singari. U Mario Manjukichning goliga assistentlik qildi.
Italiya gazetalari Ronaldu haqidagi maqolalarni bugun tongdan birinchi sahifalarida ajoyib sarlavhalar bilan chop etishdi.
“Xayron qoldirayotgan Ronaldu”, “Sehrgar do‘st” va “Ronaldu- sehrgar” kabi sarlavhalar Italiya gazetalarining bosh mavzularidir.














