Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Guskov: “Kosta aytgan gapi uchun javob beradi”

Guskov: “Kosta aytgan gapi uchun javob beradi”

Baho:
+ | -1

UFC yarim og‘ir vazn toifasi reytingida 10-pog‘onani egallab turgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi Bogdan Guskov o‘z vaqtida chempionlikka asosiy nomzod bo‘lgan Paulo Kosta bilan kuch sinashmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Guskov braziliyalik jangchining rus yigitlari haqidagi gaplariga to‘xtalib, Kosta aytgan gaplariga javob berishi kerakligini ta’kidladi:

“Kosta hozir mashhurlik cho‘qqisida. U bizning diviziondagi eng xavfli jangchilardan birini mag‘lub etdi, Paulo bilan oktagonda jang qilish imkoniyati tug‘ilsa, qabul qilishga tayyorman. Boz ustiga, Paulo rossiyalik yigitlar haqida nimadir degandi. Mana senga Rossiya vakili, O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan yigit! Istalgan vaqtda oktagonga chiqishga tayyorman. Kosta aytgan gaplari uchun javob berishi kerak”, deydi Guskov Red Corner MMA YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Keyinchalik braziliyalik jangchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Guskovga javob qaytardi:

“Yaxshi chorlov, Bogdan. Men rus xalqini hurmat qilaman va ularga nisbatan hech qanday adovatim yo‘q. Mening gaplarim ko‘proq chechenlarga qaratilgan edi”, deb yozdi Kosta.

Ma’lumot uchun, 12 aprel kuni o‘tkazilgan UFC 327 turnirida Kosta rossiyalik Azamat Murzakanovni uchinchi raundda nokautga uchratdi. Bungacha u boshqa bir Rossiya vakili Roman Kopilovni ham mag‘lub etgan edi. Ketma-ket g‘alabalardan so‘ng, braziliyalik jangchi o‘rta vazn toifasi chempioni Xamzat Chimaevni jangga jorladi. “Navbatdagi raqibim ‘chechencha tansiq taom’ bo‘lishiga umid qilaman. Ko‘ramiz, uning men bilan yarim og‘ir vaznda to‘qnash kelishga jur’ati yetarmikan”, deya fikr bildirgandi Kosta.

Eslatib o‘tamiz, Bogdan Guskov UFC promousheni doirasida hozirgacha 6 ta jang o‘tkazgan. Ularning 4 tasida g‘alaba qozongan, 1 bahsda mag‘lub bo‘lgan, yana 1 jang durang bilan yakunlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:45, 24.04.2026.
O'qildi: 1643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик