Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasining sobiq himoyachisi hozirda "Riu Ave"da o‘ynayotgan Fabiu Koentrau jarohatidan tiklandi.
Portugaliyalik futbolchi kuni-kecha mashg‘ulotlarga qaytdi va “Sporting”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi joriy mavsum 6 o‘yinda maydonga tushib 2 golga assisentlik qildi.