Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bahodir Ahmedov: «Ishonch bildirayotgan yigitlar ishonchimizni oqlashadi»

Bahodir Ahmedov: «Ishonch bildirayotgan yigitlar ishonchimizni oqlashadi»

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida 1-4 dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati saralash bosqichidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirok etishdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov jurnalistlar savollariga javob berar ekan, jumladan, shunday dedi: “U-20 Osiyo chempionati saralashi poytaxtimizda o‘tkazilayotganidan mamnunmiz. Barcha ishtirokchi terma jamoalarni yurtimizda ko‘rib  turganimizdan juda xursandmiz. O‘ylashimcha, musobaqa qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tadi. Biz mazkur terma jamoaga futzalchilarni Toshkentda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqalar davomida saralab oldik. Umid qilamanki, biz ishonch bildirayotgan yigitlar ishonchimizni oqlashadi. Menga terma jamoada Nodir Eliboyev va Rustam Umarovlar yordam berishadi. Birgalikda bir jamoa bo‘lib oldimizga qo‘ygan maqsadga erishamiz, deb ishonaman”. 

Shuningdek, qolgan terma jamoalar bosh murabbiylari ham musobaqa haqida, unga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. 

Abdulrazzoq Momrak (Afg‘oniston terma jamoasi bosh murabbiyi): “Toshkentda tashkil etilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etayotganimizdan juda xursandmiz. Biz musobaqa oldidan Tojikistonda yig‘in tashkil qildik, o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdik. Yetarlicha tayyorgarlik olib bordik. Endi rasmiy o‘yinlarda natijaga erishmoqchimiz”. 

Guvanch Kanayev (Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi): “Barcha ishtirokchi terma jamoalarga omad tilayman. Bizda bu yoshdagi futzalchilar o‘rtasida chempionat yo‘q. Shu sababli biz musobaqalar tashkil etib, o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan futzalchilarni saralab oldik. Osiyo chempionati saralash bahsiga tayyormiz, deb ayta olaman”. 

Hamid Shandiziy Muqaddam (Eron terma jamoasi bosh murabbiyi): “Biz mazkur musobaqa oldidan Argentinada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada bahslarida ishtirok etdik. O‘sha o‘yinlarda jamoamiz asosini anchagina shakllantirib oldik.  Guruhdagi raqiblarimiz o‘ziga yarasha kuchli jamoalar. Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”. 

Mustafo Afshariy (Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi): “Men asli Erondanman. Tojkistonda futzalni rivojlantirish uchun meni taklif qilishgan. Oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun astoyidil kurash olib boramiz. To‘g‘ri, oson bo‘lmaydi, lekin biz kurashlarga tayyormiz”. 

Nurjan Jetibayev (Qirg‘iziston terma jamoasi bosh murabbiyi): “Mening fikrimcha, musobaqa ancha qiziqarli o‘tadi. Barcha jamoalarning imkoniyatlari teng deb hisoblayman. 6ta terma jamoa, 3ta yo‘llanma mavjud. Eng munosiblar Osiyo chempionatiga borishiga ishonaman”.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:24, 30.11.2018.
O'qildi: 1522 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.