Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Video: Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan olib ketishdi

Video: Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan olib ketishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Internetda Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga huquq-tartibot organlari xodimlari kelib, MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevni o‘zlari bilan olib ketishgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. 

Ushbu videoda shifoxonaga Ichki ishlar vazirligining bir necha mashinasi kelgani, Murod Xonto‘rayev bu mashinalardan biriga chiqqani tasvirlangan. 

VIDEOni ko‘rish uchun bu yerga bosing.

Ayni damda shifoxonada da’volanayotgan sportchi nima maqsadda olib ketilgani ma’lum emas. 

26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi. 

Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlashicha, ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan milisiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi. 

U oktyabr oyida  EKIHning (172 240 so‘m hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqqandi.

Manba: KUN
Kiritildi: 10:47, 02.12.2018.
O'qildi: 10342 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.