3-4 dekabr kunlar Toshkentda FIFA Forward dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Seminarda Afg‘oniston, Iroq, Qirg‘iziston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Yaman va O‘zbekiston futbol assosiasiyalari vakillari qatnashadi.
Seminar davomida FIFA Forward dasturi bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilinib, qatnashchilar o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, FIFA tashkilotining turli departamentlaridan tashrif buyuradigan mutaxassislar ma’ruzalari tinglanib, FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo‘yicha ulardan tegishli ko‘rsatmalar olinadi.
Bundan tashqari, milliy futbol assosiasiyalarning 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi ham muhokama qilinadi.
Seminarda FIFAdan quyidagi mutasaddilar qatnashishadi:
Sanjivan Balasinganom – Osiyo va Okeaniya milliy assosiasiyalari direktori
Eliyey De Santis – Osiyo va Okeaniya milliy assosiasiyalari loyihalari bo‘yicha koordinator
Essam Al-Suhibaniy – G‘arbiy va Markaziy Osiyo hududiy assosiasiyalarini rivojlantirish menejeri
Andrey Vashkevich - G‘arbiy va Markaziy Osiyo hududiy assosiasiyalari koordinatori.
Peres «Real»ga «Manchester Siti»ning uch yulduzini olib kelishga harakat qilishi mumkin [3778]
"Barselona" Olisening "Bavariya"dan keyin qayerda o‘ynashni xohlashini bilib oldi [3570]
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum [3268]
Ferran Torres «Barselona» o‘yinchisini «PSJ»ga o‘tishga undamoqda [2729]
Mbappening jarohati: Fransiya terma jamoasi rasmiy bayonot berdi [2619]
Yamal JCH-2026 finalidan keyin Messiga nima deganini aytdi [2480]
"Siti"ga keskin jazo talab qilindi: to‘rtinchi liga va 5 yil transferlarga taqiq [2287]
Zidan Mbappening jarohati haqida: «Hammasi yomon» [2213]
«Manchester Siti»ning bir nechta yetakchi futbolchisi ketish haqida o‘ylamoqda [2106]













