Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Futzal U20 saralash. O‘zbekiston tushunarsiz holatda yo‘llanmadan quruq qoldi

Futzal U20 saralash. O‘zbekiston tushunarsiz holatda yo‘llanmadan quruq qoldi

Baho:
+ | -

Toshkentda futzal bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasida Osiyo chempionatiga saralash bahslari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. O‘zbekistonlik yoshlar saralash bosqichidan ortiqcha muammosiz o‘tirish kutilgandi, ayniqsa, 1-turda Qirg‘iziston 6:3 hisobida mag‘lub etilganidan keyin.

Qirg‘izistonliklar kecha Tojikiston termasini 6:1 hisobida yutganidan keyin, O‘zbekistonning final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga hech kim shubha qilmagandi. Tojiklarga qarshi o‘yinda durang natija bizga guruhda 1-o‘rinni taqdim etsa, 4ta to‘p farqi bilan tufayli — 2-o‘rinni egallar edik. Tojikistonliklar 2-guruhda egallab, Markaziy Osiyo mintaqasiga berilgan uchinchi yo‘llanma uchun kurashda davom etishi uchun O‘zbekistonni 5ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishlari talab etilardi.

Qo‘shnilarimiz tomondan qarasak, bu uddalab bo‘lmas vazifadek tuyulishi mumkin. Ammo murabbiylarimiz raqibga "yordam" berib yuborishdi. Birinchi bo‘limdan so‘ng Tojikiston termasi 1:3 hisobida oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda esa hisobni bittaga qisqartirdik. Oradan ko‘p o‘tmasdan mehmonlarning bir o‘yinchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi. 2 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan futzalchilarimiz ko‘plab imkoniyatlarni golga aylantira olishmadi.

Tojikistonliklar son jihatdan  tenglashganidan keyin hisobni avval 4:2, so‘ngra 5:2ga yetkazishdi. Shundan so‘ng murabbiylarimiz beshinchi o‘yinchi taktikasidan foydalana boshlashdi va o‘yin tugashiga bir yarim daqiqa qolganida oltinchi golni o‘tkazib yubordik. Bu hisob bizga 2-o‘rinni taqdim etar edi. Boisi, to‘plar farqi bizda 8-9, Tojikistonda esa 7-8 ko‘rinishiga kelgandi. Urilgan gollar evaziga o‘zbekistonliklar guruhda 2-o‘rinni egallar edi. Ammo o‘yin tugashiga 9-10 soniya qolganida yana beshinchi o‘yinchi maydonga tushirilib, darvoza bo‘sh qoldirildi. O‘yin tugashiga 2 soniya qolganida to‘pni yo‘qotdik va yettinchi golni o‘tkazib yubordik.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘yindan avval Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboyev bizni qanday hisoblar qanoatlantirishi mumkinligini hisob-kitob qila olishmagan. O‘yin davomida ular bu ishning uddasidan chiqa olishmagan. Natijada o‘z yurtimizda o‘tkazilgan saralash bosqichida guruhda so‘nggi o‘rinni oldik hamda murabbiylarning tushunarsiz qarorlari sufayli Osiyo chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldik.

Saralashda Eron va Qirg‘iziston qit’a chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tojikiston va Afg‘oniston uchinchi yo‘llanma uchun ertaga maydonchaga chiqadilar.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:13, 03.12.2018.
O'qildi: 6340 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.