Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Jahongir Mehmonov: «Ortda qolgan mavsumdan ko‘nglim to‘ldi»

Jahongir Mehmonov: «Ortda qolgan mavsumdan ko‘nglim to‘ldi»

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga – 2018 mavsumi Namanganning “Navbahor” klubi uchun ancha omadli keldi. Boisi, jamoa 14 yillik tanaffusdan keyin bronza medali sohibiga aylandi. Albatta, ushbu muvaffaqiyatda “lochinlar”ning tajribali himoyachisi Jahongir Mehmonovning ham munosib hissasi bor.

Biz Mehmonovga yakunlangan mavsum borasida bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Jahongir, ortda qolgan mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi? Oldingilaridan qiziqroq o‘tdimi?

- Ha, albatta, o‘z yakuniga yetgan bu yilgi milliy chempionatimiz bahslari ancha qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechdi. Shuningdek, “Navbahor”  uchun ancha omadli keldi. Boisi, o‘tgan mavsumda “lochinlar” safiga qo‘shilgan mahalliy futbolchilar jipslashib, 2 yil ichida “Navbahor”ning mavqesini ko‘targanimizdan xursandmiz. Boisi, jamoa o‘tgan yili 5-pog‘onani band etgandi. Bu yil esa 3-o‘rinni egalladik. Bu esa menimcha, 2 yil ichida a’lo darajadagi natija. Chunki 2016 yilgi  mavsumda “Navbahor”ning quyi ligaga tushib ketishiga bir bahya qolgandi. 

- Bu yildan o‘yinlar tashkilotchiligi, o‘yinoldi tadbirlar, konsertlar,  muxlislar uchun aksiyalar o‘tkazila boshlandi. Bunday tadbirlar muxlislarni stadionlarga ko‘proq kelishlariga sabab bo‘ldi. Stadionda ko‘proq ishqiboz bo‘lsa, bu futbolchilar uchun ham yanada zavqli bo‘lsa kerak, shundaymi? 

- Albatta, muxlislarning stadionni to‘ldirib o‘tirishgani yaxshi. Boisi, bu biz – futbolchilarga qo‘shimcha zavq bag‘ishlaydi va maydonda o‘zgacha hissiyot bilan to‘p surasiz. Jamoamizning bu yilgi muvaffaqiyatida albatta ishqibozlarning ham munosib hissalari bor va fursatdan foydalanib, “Navbahor” muxlislariga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.     

-  Ortda qolgan mavsumda amalga oshirilgan yana qanday o‘zgarishlar sizda yaxshi taassurot qoldirdi?  

-Uchrashuvlarning televizor orqali namoyish etilganligiga munosabatim ijobiy. Boisi, bu milliy chempionatimiz saviyasi oshishiga hissa qo‘shadi. 2018 yilgi mavsumda har turda deyarli barcha o‘yinlar TV orqali namoyish etib borildi. 

Mana  bu yilgi mavsum ham yakunlandi. 2018 yilgi mavsum siz uchun qanday o‘tdi? Jamoangiz qayd etgan natijadan ko‘nglingiz to‘ldimi?

O‘z o‘yiningizdanchi?

- Yakuniga yetgan mavsumda “Navbahor”ning qayd etgan natijasidan albatta ko‘nglim to‘ldi. Chunki ta’kidlaganimdek, 2 yil ichida “Navbahor”ning mavqesini  tiklashga intildik hamda o‘z niyatimizga yetdik. O‘z o‘yinim borasida nima deyishim mumkin? O‘yinimga o‘zim emas, murabbiylar va muxlislar baho berishsa, yaxshi bo‘larli, menimcha.

 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:11, 03.12.2018.
O'qildi: 1995 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.