Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 2-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 2-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Qalam ahli maqolasini yozsin, to‘p tepishni esa operatorlarga qo‘yib bering

Qalam ahli maqolasini yozsin, to‘p tepishni esa operatorlarga qo‘yib bering

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Turnirda “plyus” va “minus”lar ko‘payib ketdi, hatto tashkilotchilarning o‘zlarida ham “minus” bor. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining mamlakat futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazayotgan mini-futbol musobaqasining guruh o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

O‘FAning sun’iy maydonida 24 ta jamoa 6 ta guruhga bo‘lingan holda uch kun davomida guruh o‘yinlarini o‘tkazdi. Musobaqa oldidan, tashkiliy masalalar hal etilayotgan pallada jamoalar soni 20 tadan ortganida ko‘pchilik quvongandi.

Ammo turnir davomida ba’zi jamoalar qayd etgan salbiy natijalaridan kelib chiqib, o‘yinlarga kelmay qo‘ya qoldi. “Tasvir” gazetasi xodimlari esa turnirda qatnashish istagini bildirgan, hatto qur’ada ishtirok etgan bo‘lsa-da, birorta ham o‘yinga kelishmadi. “Uzreport” teleijodkorlari esa dastlabki turda “O‘zbekiston” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi futbolchilariga yirik (0:16) hisobda yutqazib qo‘ygandan keyin, qolgan o‘yinlarda qatnashishdan naf ko‘rishmadi. 

Guruh o‘yinlarining so‘nggi turiga kelmaydiganlar soni yanada oshdi. Dastlabki ikki turda yengilgani uchun “Mahalla” hamda “Ma’rifat” gazetalari jamoalari ham 3-turda maydonga tushishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi. Turgan gapki, kelmagan jamoalarga texnik mag‘lubiyat (minus), ularning raqiblariga esa texnik g‘alaba (plyus) yozildi. Eng qizig‘i, “minus”chilar orasida musobaqa tashkilotchilari – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi vakillari ham bor. Agentlik futbolchilari bugun aynan bizning agentlik jamoasi bilan kuch sinashishi lozim edi. 

Shu tariqa bugungi o‘yinlardan keyin chorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. O‘z guruhlarida peshqadam bo‘lgan hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkita 2-o‘rin egasi ertadan chorak final uchrashuvlarida maydonga tushishadi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jamoasi aynan 2-o‘rin bilan kuchlilar safidan joy oldi, ertaga jamoamiz 2-o‘rindan joy olgan eng yaxshi ikkinchi jamoa – “Xalq so‘zi” gazetasi futbol jamoasi bilan kuch sinashadi. 

2 va 3 dekabr kunlari qayd etilgan natijalar:

“A” guruhi
“Xalq so‘zi” gazetasi - G‘afur G‘ulom nashriyoti – 5:0 
Zoʻr TV – O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi – 8:0 
“Xalq so‘zi” gazetasi - Zoʻr TV – 1:5 
G‘afur G‘ulom nashriyoti – O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi – 4:0 
Yakuniy jadval: 

№ Jamoa O‘ G‘ D M T-N O
1. Zoʻr TV 3 3 0 0 17-3 9 
2.”Xalq so‘zi” 3 2 0 1 20-5 6 
3.”G‘.G‘ulom” 3 1 0 2 6-9 3 
4.”Ensiklopediya” 3 0 0 3 0-26 0 

“V” guruhi
“O‘zbekiston” nashriyoti - Cho‘lpon nashriyoti – 9:0 
Uzreport telekanali – “Yoshlar ovozi” gazetasi - -:+ 
“O‘zbekiston” nashriyoti - “Yoshlar ovozi” gazetasi – 2:0 
Uzreport telekanali - Cho‘lpon nashriyoti – -:+
Yakuniy jadval:
1.”O‘zbekiston” NMIU 3 3 0 0 27-0 9 
2.”Yoshlar ovozi” 3 2 0 1 7-2 6 
3.”Cho‘lpon” 3 1 0 2 0-16 3 
4. “Uzreport” 3 0 0 3 0-16 0 

“S” guruhi
“Sharq” NMAK - “Tasvir” nashriyoti - +:- 
“Turon 24” axborot agentligi – Toshkent viloyati matbuot boshqarmasi - 0:1 
“Sharq” NMAK - Toshkent viloyati matbuot boshqarmasi - 1:0 
“Turon 24” axborot agentligi – “Tasvir” nashriyoti - +:-
Yakuniy jadval:
1.”Sharq” 3 3 0 0 4-0 9 
2. Toshkent VMB 3 2 0 1 1-1 6 
3.”Turon-24” 3 1 0 2 0-4 3 
4.”Tasvir” 3 0 0 3 0-0 0 

“D” guruhi
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi - “Movarounnahr” nashriyoti - 2:3 
“O‘qituvchi” nashriyoti – O‘zbekiston milliy axborot agentligi – 1:1 
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi - O‘zbekiston milliy axborot agentligi – -:+ 
“O‘qituvchi” nashriyoti – “Movarounnahr” nashriyoti - 4:1
Yakuniy jadval:
1.”O‘qituvchi” 3 2 1 0 9-3 7 
2.”O‘zA” 3 2 1 0 3-1 7 
3.”Movarounnahr” 3 1 0 2 4-9 3 
4. O‘zMAA 3 0 0 3 3-6 0 

“E” guruhi
Respublika monitoring markazi - O‘zbekiston milliy kutubxonasi – 1:0 
“Mahalla” gazetasi – kun.uz sayti – 1:2 
Respublika monitoring markazi - kun.uz sayti – 2:0 
“Mahalla” gazetasi – O‘zbekiston milliy kutubxonasi – -:+
Yakuniy jadval:
1.”Monitoring” 3 3 0 0 6-1 9 
2.” kun.uz” 3 2 0 1 6-3 6 
3.”Kutubxona” 3 1 0 2 0-5 3 
4.”Mahalla” 3 0 0 3 2-5 0 

“G‘” guruhi
“Ma’rifat” gazetasi - “Nuroniy” noshirlik uyi - 1:7 
Madaniyat va ma’rifat” telekanali – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasi – 0:3 
“Ma’rifat” gazetasi - O‘zbekis ton milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasi – -:+ 
“Madaniyat va ma’rifat” telekanali – “Nuroniy” noshirlik uyi - 1:2
Yakuniy jadval:
1.MTRK 3 3 0 0 8-0 9 
2.”Nuroniy” 3 2 0 1 9-7 6 
3.”Madaniyat” 3 1 0 2 4-7 3 
4.”Ma’rifat” 3 0 0 3 3-10 0. 

Chorak final ishtirokchilari:
4 dekabr
Zoʻr TV – “O‘zbekiston” NMIU 
“Sharq” – “O‘qituvchi” 
“Monitoring” – MTRK 
O‘zA – “Xalq so‘zi” 

Shuni qayd etish joizki, musobaqaning chorak finaliga sayt va gazetalar vakillaridan bittadan jamoa yo‘l olgan bo‘lsa, qolganlarini televideniye va nashriyotlar jamoalari tashkil etishdi. Ko‘ramiz, yarim finalda kimlar kurashni davom ettiradi? 
Manba: UZA
Kiritildi: 19:25, 04.12.2018.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.