Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

PFLning maxsus ishchi-guruhi «Sug‘diyona»ni lisenziyalash talablari ijrosi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazdi

PFLning maxsus ishchi-guruhi «Sug‘diyona»ni lisenziyalash talablari ijrosi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Ta’kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi.

Ayni paytda Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi klublarga lisenziyalash talablari haqida atroflicha ma’lumot berish, ulardan ushbu jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash, Superliga yoki Pro ligada ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar borasida yanada to‘liq axborot berish, aynan qanday jihatlarga e’tibor qaratish lozim ekani, klub tizimi yoki ichki infratuzilmasi bo‘yicha tuzatish yoki yaxshilash zarur bo‘lgan masalalarini muhokama etish maqsadida bugun, 4 dekabrdan boshlab O‘zPFLning ishchi guruhi ish boshladi.

Ishchi guruh bugun dastlab Jizzaxga keldi va “So‘g‘diyona” klubidagi sharoitlarni tekshirdi. Hozirda, talablarni bajarish uchun klub reja asosida ish boshlagan. Jumladan, stadion maysasi, tribuna va boshqa masalalarda ish allaqachon boshlab yuborilgani oydinlashdi. Ishchi guruh bugungi tashrif chog‘ida shuningdek, klub mutasaddilariga kerakli sohalar bo‘yicha maslahat va takliflar berdi.

Tashrif chog‘ida, klub mutasaddilari shuningdek, marketing hamda media sohalarini rivojlantirish uchun harakat qilishayotganini ta’kidlashdi. Muxlislar bilan ishlashda ham, klub ayni damda faol muxlislarni klubga shtat asosida jalb qilishni rejalashtirgan. 

Ma’lumot uchun, PFL monitoring guruhi ertaga, 5 dekabr kuni shuningdek, Samarqandning “Dinamo” klubini monitoring qiladi

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:43, 04.12.2018.
O'qildi: 2270 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.