Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘tkir Yusupov: “Neftchi” ko‘plab futbolchilarni dilini og‘ritgan”

O‘tkir Yusupov: “Neftchi” ko‘plab futbolchilarni dilini og‘ritgan”

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi bu yil Superligada jon saqlab qolish uchun kurash olib bordi va kelasi yil ham Superliga bahslarida ishtirok etadigan bo‘ldi. O‘tkir Yusupov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Avstraliyada bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etib qaytdi. Biz Yusupov bilan bog‘lanib Superliga bahslari va O‘zbekiston MTJ haqida suhbatlashdik.

-  "Qo‘qon-1912" jamoasi uchun bu yilgi Superliga bahslari qanday o‘tdi?

-  Bu yilgi Superliga bahslari juda ham qiziqarli o‘tdi, deb o‘ylayan. Sababi “Qo‘qon-1912” jamoasi uchun omadli o‘tdi desam ham bo‘ladi. Kuchli oltilik guruhiga kira olmagan bo‘lsak ham quyi oltilikda jon saqlab qolish uchun kurash olib bordjik. Quyi oltilikda bir qator qiziqarli va kurashlarga boy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

-  Oldinglarga rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifa qay darajada uddalandi?

-  Rahbariyat tomonidan oldimizga kuchli oltilikka kirish vazifasi qo‘yilgandi. Klubda moliyaviy muammolar paydo bo‘lganligi sababli kuchli oltilikka kira olmadik. Quyi oltilikdan joy olganimizdan so‘ng oldimizga Pro-ligaga tushib ketmaslik vazifasi qo‘yildi. Jon saqlab qolish uchun barcha uchrashuvlarda ochko olishga harakat qildik. Yakunda oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik.

-  "Qo‘qon-1912" jamoasi jon saqlab olish quyi oltilikda kurash olib bordi. Siz uchun qaysi davra qiziqarliroq o‘tdi? Kuchli oltilikka kirishmi yoki bo‘lmasam jon saqlab qolishmi?

-  Agarda kuchli oltilikka kirib olganimizda bizning egallaydigan o‘rnimiz yaxshi bo‘lardi. O‘yinlarimizni kuzatib borgan bo‘lsangiz, asosan ochkolarni yuqori oltilikdagi jamoalardan tortib oldik. Quyi oltilikka tushib ketganimizdan keyin u yerda jon saqlash uchun kurash olib bordik. Yuqori va quyi oltilikda ham qiziqarli o‘yinlar bo‘ldi.

-  Hozircha "Qo‘qon-1912" jamoasi bilansiz. Boshqa jamoaga o‘tish niyat bormi? Boshqa klublardan takliflar bormi?

-  Yaqin kunlarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan tuzgan shartnomam o‘z yakuniga yetadi. Boshqa jamoalardan takliflar bor. Oila a’zolarim bilan ushbu takliflarni ko‘rib chiqib maslaxatlashamiz. Takliflar orasida yaxshirog‘i bo‘lsa “Qo‘qon-1912” jamoasidan ketishim mumkin.

-  Bilamizki siz "Neftchi" jamoasida ham faoliyat olib borgansiz. Ushbu jamoaning Pro ligaga tushib ketishiga, ikki yildan beri klubning ishlari yurishmasligiga nima deya olasiz?

-  “Neftchi” jamoasi boy tarixga ega. Ushbu jamoani ikki yildan buyon chempionat bahslarida omadi kelmayapti. “Neftchi” jamoasining bir qator futbolchilardan qarzi bor. “Neftchi” ko‘plab futbolchilarni dilini og‘ritgan. Klubning bunday ahvolga tushishiga mana shu narsa ham sabab bo‘lishi mumkin. 

-  Siz avval "Mash’al", "Nasaf" va "Neftchi" jamoalarida faoliyat yuritgansiz. Bu savol siz uchun g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin siz ketganingizdan so‘ng ushbu jamoalarning ishi biroz orqaga ketdi. Ya’ni "Nasaf"ning hozirgi holati yaxshi emas. "Mash’al" pro ligada ishtirok etmoqda. "Neftchi" Pro ligaga yo‘l oldi. Shunga qanday fikr bildirasiz? 

-  “Mash’al” jamoasida ham ajoyib damlarni o‘tkazganman. Ketma-ket ikki yil beshinchi pog‘onani egallaganmiz. Vladimir Fomichyov yosh futbolchilarga ko‘proq e’tibor bergani uchun “Mash’al” birinchi ligaga ravona bo‘ldi. Keyin men Qarshining “Nasaf” jamoasiga ko‘chib o‘tdim. “Nasaf” jamoasi bilan ketma-ket ikki yil uchinchi o‘rinni egalladik. “Nasaf”ning o‘ziga yarasha zo‘r tizimi bor. Shu kunga qadar mana shu tizimda ishlab kelishmoqda. Bu yil “ajdarlar”da biroz moliyaviy pasayish bo‘ldi. Shuning uchun ham chempionlik uchun kurashdan chetda qoldi. Lekin “Nasaf” juda ham kuchli jamoa.

-  Siz uchun bu yilgi superliga bahslaridan qay biri qiziqarli o‘tdi?

-  Ko‘plab futbol muxlislariga bu yilgi chempionat tizimi maqul keldi, deb o‘ylayman. Superliga bahslari juda ham qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ldi. Keyingi yil Superliga bahslari bundanda qiziqarli va shiddatli bo‘ladi, deb o‘ylayman.

-  "Qo‘qon-1912" jamoasining O‘zbekiston kubogidagi ishtiroki haqida nima deya olasiz?

-  O‘zbekiston kubogida final bosqichiga qadar yetib borishni maqsad qilgan edik. Yarim finalga qur’a tashlanganda “Paxtakor” bizga raqiblik qiladigan bo‘ldi. Shunda ikki barobar kuch bilan “sherlar”ga qarshi bahs olib boramiz, deb o‘ylagandik. Biroz omadimiz kelmadi va uchrashuvning dastlabki daqiqasida o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Shundan keyin jamoadoshlarim biroz “shok” holatiga tushib qoldi. Biz uchrashuvda hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Shundan so‘ng yo‘l qo‘yilgan xatolar evaziga mag‘lubiyatga uchradik va O‘zbekiston kubogi finalidan chiqib ketdik.

-  O‘zbekiston MTJning so‘ngi ikki o‘rtoqlik uchrashuvi haqida nima deya olasiz? Livan va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirsangiz.

-  Avstraliyada asosan bor e’tibor o‘rtoqlik o‘yinlariga qaratildi. Livan terma jamoasiga qarshi uchrashuvda yaxshi o‘ynab turgan paytimizda biz 10 kishi bo‘lib qoldik. Shundan so‘ng biroz qiynaldik. Raqibimiz bundan foydalanib oldinga o‘tdi. Hamkasbim Eldor Suyunov 3-4 marotaba jamoamiz darvozasini goldan saqlab qoldi. Janubiy Koreya terma jamoasi juda ham kuchli ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Ushbu jamoalarga qarshi uchrashuvda biz xatolarimizni ko‘rib oldik. Xatolarimiz ustida yaxshi ishlab nasib qilsa Osiyo chempionatiga kamchiliklarsiz yo‘l olamiz.

- Janubiy Koreya terma shu darajada bizdan kuchli edimi?

- Janubiy Koreya terma jmoasi tarkibidagi ko‘plab futbolchilari Yevropaning kuchli jamoalarida faoliyat olib borishadi. Shuni hisobiga ham Janubiy Koreya terma jamoasi kuchli. Agarda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir guruhdan joy olsa, albatta mag‘lubiyatlar alami olinadi.      

-  Ektor Kuper va uning yordamchilari asosan darvozabonlar murabbiyi haqida nima deya olasiz?

-  Ektor Kuper juda ham xazilkash murabbiy ekan. Har qanday vaziyatda u jamoadagi futbolchilarni qo‘llab-quvvaytlaydi. Futbolchilarga qo‘lidan kelgancha yaxshi sharoit qilib bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda o‘z ishini ustasi ekan.

- Milliy terma jamoa safida Denis Ivankov bilan ishlayapsiz. Ushbu murabbiy haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

- Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov bilan 2011 yildan buyon birga ishlab kelyapman. Denis Ivankov o‘z ishining ustasi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazgan darvozabonlarning barchasi Superligada ishtirok etib kelmoqda.

 

Abdulloh suhbatlashdi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:51, 05.12.2018.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.