Angliya premyer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan “Bornmut” – “Liverpul” uchrashuvida mexmonlar zafar quchdi.
Mazkur uchrashuvda mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh o‘z hisobiga xet-trikni rasmiylashtirib qo‘ydi. Bu u uchun joriy mavsumdagi ilk xet-trik bo‘ldi.
Saloh ushbu mavsum APLda o‘z hisobiga 10 ta gol yozib qo‘yib to‘purarlar bahsida “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangga yetib oldi.