Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Rio Ferdinand «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer xatosini aytdi

Rio Ferdinand «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer xatosini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Rio Ferdinand bir necha yil oldin hujumchi Harri Keynning «qizil iblislar» safiga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

«Keynni sotib olishdan voz kechish — «Manchester Yunayted» so‘nggi 10 yil ichida yo‘l qo‘ygan eng katta xatodir. Menimcha, agar klub «Tottenxem» so‘ragan summani to‘laganida, ular Harrini qo‘lga kiritgan bo‘lishardi. Agar bu transfer bir necha million ustidagi bahs sababli amalga oshmagan bo‘lsa, bu dahshatli qaror bo‘lgan deb hisoblayman. Ishonchim komil, agar «Manchester Yunayted» Deklan Rays va Harri Keynni o‘z tarkibiga qo‘shib olganida, hozir jamoa mutlaqo boshqa darajada bo‘lardi», — dedi Ferdinand o‘z podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn 2023 yilda «Tottenxem»dan «Bavariya»ga 95 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Kiritildi: 19:30, 06.05.2026.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик